Ramazon Temirov UFC’dagi ilk mağlubiyatini qabul qildi

25-oktabr 2026 09:57 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: UFC.com

Abu-Dabi şahridagi «Etihad Arena» majmuasida bölib ötgan UFC 333 turnirining eng yengil vazn toifasida özbekistonlik Ramazon Temirov angliyalik Loner Kavanaga qarşi jangda mağlubiyatga uçradi.

Kutilmagan yakun

Foto: Instagram / ramazan_temurov

Bunga qadar öz janglarini, asosan, birinçi raunddayoq nokaut bilan yakunlab kelgan özbekistonlik sportçi bu safar kutilmagan vaziyatga tuşdi. Loner Kavanaga qarşi keçgan bahsda u dastlabki raundning 4-daqiqa 28-soniyasida texnik nokaut evaziga yutqazib qöydi.

Faoliyatdagi körsatkiçlar

Uşbu natija Ramazon Temirovning UFC doirasidagi birinçi, umumiy professional MMA faoliyatidagi esa törtinçi mağlubiyati sifatida qayd etildi. Ayni paytda sportçining umumiy rekordi 20 ta ğalaba va 4 ta mağlubiyatni taşkil qilmoqda.

«UFC 333» asosiy kardidagi boşqa natijalar

Turnirning asosiy kard doirasida boşqa ahamiyatli janglar ham bölib ötdi. Xususan, yarim yengil vazn toifasidagi titul jangida Aleksandr Volkanovski Movsar Yevloyevni ikkinçi raundda texnik nokaut bilan yengdi. Öta yengil vazn toifasida esa Pyotr Yan Merab Dvalişvilini beş raund yakuniga köra hakamlarning yakdil qarori bilan taslim qildi. Şuningdek, oğir vazn toifasida Aleksandr Volkov Rizvan Kuniyev ustidan ğalaba qozondi.

Avvalroq Kursiv naşri Nursulton Röziboyevning jang sanasi va raqibi aniq bölgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek