Husanovning «Aston Villa»ga qarşi öyini qanday baholandi

25-oktabr 2026 11:36 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Instagram / abdukodir_khusanov_

Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasining 8-turida «Aston Villa»ga qarşi keçgan uçraşuvda (1:2) «Mançester Siti» tarkibidagi eng yuqori baholangan öyinçilardan biriga aylandi.

Baholar va uçraşuv tafsilotlari

Ekran tasviri / Flashscore

Flaşscore portali Husanovning harakatlarini 8,0 ballga baholadi. Mehmonlar tarkibida faqatgina Jeremi Doku undan yuqoriroq (8,1 ball) körsatkiç qayd etdi. Şuningdek, Elliot Anderson 7,8, Erling Holand va Enso Fernandes 7,7 balldan oldi. Eng past baho (4,6 ball) «Mançester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarummaga berildi. Husanov öyinni asosiy tarkibda boşladi. Uçraşuvda «Aston Villa»ga ğalabani 6 va 60-daqiqalarda gol urgan Nikolas Jekson keltirdi. «Siti»ning yagona goli 52-daqiqada Holand tomonidan kiritildi.

Turnir jadvalidagi holat

«Mançester Siti» çempionatdagi qatorasiga 7 ta ğalabadan söng ilk bor mağlubiyatga uçradi. Şunga qaramay, jamoa 21 oçko töplagan holda turnir jadvalida peşqadamlikni saqlab qoldi.

Birmingemdagi muvaffaqiyatsiz seriya

«Mançester Siti» APL doirasida Birmingemdagi «Villa Park» stadionida qariyb 5 yildan beri ğalaba qozona olmayapti. Jamoaning uşbu maydondagi sönggi yutuği 2021-yilning 1-dekabrida yuz bergan bölib, öşanda şaharliklar 2:1 hisobida ustun kelgan edi.

Keçagi natijadan söng jamoa Birmingemda qatorasiga törtinçi bor mağlubiyat qayd etdi (2023/24-mavsumda 0:1, 2024/25-mavsumda 1:2, 2025/26-mavsumda 0:1 va 2026/27-mavsumda 1:2).

Avvalroq Kursiv naşri «Ipsviç»ga qarşi Husanov qanday baholangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek