
Vivo kompaniyasi Xitoyda yangi Vivo Y600 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmoçina naşri xabar bermoqda.
Qurilma 10 000 mA/soat siğimli batareya, 120 Hz yangilaniş çastotasiga ega AMOLED ekran va MediaTek Dimensity 7300e protsessori bilan jihozlangan. Modelning bazaviy versiyasi 1 999 yuan, ya’ni qariyb $280 dan boşlanadi.
Batareya Guinness rekordini örnatdi
Vivo Y600’ning asosiy xususiyati 10 000 mA/soat siğimli BlueVolt batareyasi hisoblanadi. Avgust oyida ötkazilgan sinovda smartfon uzluksiz 32 soat 37 daqiqa davomida jonli translyatsiyani amalga oşirgan. Natija Guinness World Records tomonidan rekord sifatida qayd etilgan.

Smartfon 44 Vt quvvatli simli tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. USB-C porti orqali boşqa qurilmalarni quvvatlaş imkonini beruvçi teskari quvvatlaş funksiyasi ham mavjud.
120 Hz AMOLED ekran oldi
Vivo Y600 6,83 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ekran aniqligi 2 800 × 1 260 piksel, yangilaniş çastotasi esa 120 Hzni taşkil qiladi.
Displey HDR va 10 bitli rang uzatişni ham qöllab-quvvatlaydi.
Smartfon MediaTek Dimensity 7300e protsessorida işlaydi. 6 nanometrli texnologik jarayonda işlab çiqarilgan çip LPDDR4X tezkor xotira va UFS 3.1 doimiy xotira bilan birga işlaydi. Qurilmaga Android asosidagi OriginOS 6 operatsion tizimi örnatilgan.
Asosiy kamera 50 MP
Vivo Y600’ning orqa tomonida 50 MP asosiy kamera joylaştirilgan. Uning diafragmasi f/1.8 ni taşkil qiladi.

Selfi va videoqönğiroqlar uçun esa 8 MP old kamera közda tutilgan.
Qurilmada ekran ostidagi optik barmoq izi skaneri, yuz orqali qulfdan çiqariş, NFC, Bluetooth 5.4, infraqizil port va 5G qöllab-quvvatlanadi.
Oğirligi 225 grammgaça
10 000 mA/soat batareyaga qaramay, Vivo Y600 oğirligi rangiga qarab 224 yoki 225 grammni taşkil qiladi. Smartfon Sapphire Blue, Diamond Gold va Obsidian Black ranglarida taklif etiladi.
Narxi $280 dan boşlanadi
Xitoy bozorida Vivo Y600 bir neçta xotira konfiguratsiyasida sotiladi.
6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotirali bazaviy model 1 999 yuan ($280), 8/128 GB versiya esa 2 099 yuan ($295) etib baholangan.
6/256 GB konfiguratsiya 2 199 yuan ($310), 8/256 GB versiya esa 2 499 yuan ($350) turadi. Vivo Y600 uçun oldindan buyurtmalar 26-oktabrdan qabul qilinadi, Xitoyda oçiq sotuv esa 30-oktabrda boşlanişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Vivo X500 Ultra 2027-yil bahorida çiqişi mumkinligi haqida yozgan edi.