
AQŞning Sent-Luis şahrida ötayotgan Clutch Chess: Champions Showdown 2026 turnirining birinçi kuni yakunlandi. Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 3,5 oçko bilan ikkinçi örinni egallab turibdi.
Turnir peşqadami Hikaru Nakamura 4 oçko jamğargan. Şu tariqa Sindarov amerikalik grossmeysterdan atigi yarim oçko ortda bormoqda.
Sindarov birinçi kuni mağlub bölmadi
Sindarov dastlabki kun davomida oltita partiya ötkazdi. U Hindiston vakili Rameşbabu Praggnanandhaani mağlub etdi va qolgan beşta partiyani durang bilan yakunladi.
Xususan, Sindarov Praggnanandhaaga qarşi ilk partiyada qora donalarda ğalaba qozondi. Partiya 48-yurişda özbekistonlik şaxmatçi foydasiga yakunlandi.
Birinçi kundan keyingi turnir jadvalida Nakamura 4 oçko bilan birinçi, Sindarov 3,5 oçko bilan ikkinçi örinda. Fabiano Karuana 2,5 oçko bilan uçinçi, Praggnanandhaa esa 2 oçko bilan törtinçi poğonada turibdi.
Nakamura ikki ğalaba qayd etdi

Birinçi kunning eng yaxşi natijasini Hikaru Nakamura körsatdi. U Fabiano Karuana va Praggnanandhaani mağlub etdi, qolgan törtta partiyani esa durang bilan tugatdi.
Şu tariqa Nakamura birinçi kunni mağlubiyatsiz yakunlab, turnir jadvalida peşqadamlikni qölga oldi.
Turnir formati qanday
Clutch Chess: Champions Showdown 27 – 29-oktabr kunlari Sent-Luis şaxmat klubida bölib ötmoqda. Musobaqada Sindarov, Nakamura, Karuana va Praggnanandhaa iştirok etmoqda.
Turnirning öziga xos jihati şundaki, ğalaba uçun beriladigan oçkolar kun sayin oşib boradi. Birinçi kuni har bir ğalaba 1 oçko, ikkinçi kuni 2 oçko, uçinçi kuni esa 3 oçko bilan baholanadi. Şu sabab dastlabki kundagi yarim oçkolik farq turnir taqdirini hal qiladigan darajada katta ustunlik hisoblanmaydi.
Har bir partiyada şaxmatçilarga 10 daqiqa vaqt beriladi va har bir yurişdan keyin 5 soniya qöşiladi. Turnir davomida har bir iştirokçi jami 18 ta partiya öynaydi.
Sindarov rapid reytingida turnirning birinçi raqamli şaxmatçisi
Turnir oldidan rapid reytingiga köra, Sindarov iştirokçilar orasida eng yuqori körsatkiçga ega bölgan. Uning rapid reytingi 2747 ni taşkil etgan. Nakamura 2738, Praggnanandhaa 2730 va Karuana 2682 reyting bilan turnirni boşlagan.
Musobaqaning ikkinçi kuni 28-oktabrda davom etadi. Unda ğalaba uçun beriladigan oçko ikki baravar oşib, har bir yutuq 2 oçkoga teng böladi.
Avvalroq «Kursiv» Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi bölajak bahsda öz imkoniyatini 50,1 foizga baholagani haqida yozgan edi.