
Great Wall Motor (GWM) Xitoyda ikkinçi avlod Wey Lanshan plagin-gibrid krossoverini taqdim etdi. Bu haqda CarNewsChina naşri xabar bermoqda.
Yangi model avvalroq sotuvga çiqarilgan Haval GWM H10’ning kuçliroq va qimmatroq versiyasi sifatida işlab çiqilgan.
Avtomobil töliq ölçamli SUV bölib, monokok kuzov va beş yoki olti örindiqli salon bilan taklif etiladi. Yangi Wey Lanshan Xitoy bozorida 2026-yil oxirigaça sotuvga çiqişi kutilmoqda.
Haval H10 asosida yaratilgan

GWM Haval H10’ni 2026-yil avgustida Xitoyda sotuvga çiqargan. Uning boşlanğiç narxi 201,8 ming yuan, ya’ni qariyb $30,3 mingni taşkil etadi.
H10 gibrid tizimining umumiy maksimal quvvati 440 kVt yoki 590 ot kuçiga yetadi. 42,8 kVt/soat siğimli akkumulyator avtomobilga CLTC sikli böyiça 232 km, WLTP böyiça esa qariyb 190 km elektrda yuriş imkonini beradi.
Çina EV DataTracker ma’lumotiga köra, avgust – sentabr oylarida Xitoyda 19 281 dona GWM H10 yetkazib berilgan.
Yangi Wey Lanshan H10 platformasi va kuzov şaklini saqlab qolgan, biroq köproq premium jihozlar va kuçliroq gibrid tizimga ega.
5,3 metrgaça uzunlikka ega

Yangi Lanşan katta va burçakli kuzov dizayniga ega. Unda baland kapot, tekis tom, keng ğildirak arkalari hamda orqa eşikka örnatilgan zaxira ğildirak mavjud.
Model H10’dan katta xromlangan radiator panjarasi, öziga xos faralar va 21 dyuymli ğildirak disklari bilan ajralib turadi.
Tom qismida LiDAR sensori örnatilgan. Old qanotlarda esa haydovçiga yordam beruvçi tizimlar uçun kameralar joylaştirilgan.
Beş örindiqli versiyaning uzunligi 5 140 mm, kengligi 2 050 mm, balandligi 1 960 mm, ğildirak bazasi esa 3 010 mmni taşkil qiladi. Olti örindiqli modifikatsiyaning uzunligi 5 300 mmga yetadi.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Chevrolet yangi avtomobilini taqdim etişga tayyorlanayotgani haqida yozgan edi.