Lada Azimut sotuv oldidan sönggi sinovlardan ötkazilmoqda

29-oktabr 2026 15:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lada Azimut sotuv oldidan sönggi sinovlardan ötkazilmoqda
Foto: Lada

AvtoVAZ yangi Lada Azimut krossoverini sotuvga çiqariş oldidan navbatdagi sinovlardan ötkazdi. Bu safar avtomobilning elektron tizimlari elektromagnit xalaqitlarga çidamliligi böyiça tekşirildi.

Sinovlar maxsus aks-sadosiz kamerada ötkazilgan. Unda avtomobil elektronikasi elektromagnit maydonlar va statik razryadlar ta’sirida qanday işlaşi baholangan.

Elektron tizimlar barqarorligi tekşirildi

Sinovlar davomida avtomobilning özi çiqaradigan elektromagnit nurlaniş darajasi ham ölçangan.

Tekşiruvlarda laboratoriya uskunalari bilan birga robotlaştirilgan kompleksdan foydalanilgan. U pedalni bosiş, rulni aylantiriş, uzatmalarni almaştiriş, şuningdek, multimedia tizimidagi tugma va ekranlarni boşqariş imkoniga ega.

AvtoVAZ ma’lumotiga köra, sinovlar Lada Azimut elektron tizimlarining elektromagnit ta’sirlarga çidamliligini tasdiqlagan.

Kompaniya sinovlarning boşqa texnik natijalarini oşkor qilmagan.

Kuzov ham alohida sinovdan ötkazilgan

Avvalroq Lada Azimut kuzovi korroziyaga çidamlilik böyiça ham sinovdan ötkazilgan edi.

Xususan, avtomobil kuzoviga «kislotali yomğir» şaroitlarini taqlid qiluvçi maxsus sinovlar qöllanilgan.

Bu kabi tekşiruvlar işlab çiqaruvçi tomonidan avtomobilning turli iqlim va ekspluatatsiya şaroitlariga mosligini baholaş uçun ötkazilmoqda.

Sotuvlar 2026-yil oxirida boşlanadi

Lada Azimut’ning seriyali işlab çiqarilişi sentabr oyida boşlangan. Dastlab model 1,6 va 1,8 litrli atmosferali dvigatellar bilan taklif etiladi. Transmissiya sifatida olti poğonali mexanik uzatmalar qutisi yoki variator mavjud böladi.

Avtomobil faqat old ğildirakdan tortuvçi versiyada sotiladi.

AvtoVAZ Lada Azimut savdosini 2026-yil oxirigaça boşlaşni rejalaştirgan. Kompaniya yil yakunigaça bir neça ming dona avtomobil işlab çiqarişni möljallamoqda.

Narxi hozirça e’lon qilinmagan

Lada Azimut’ning rasmiy narxi hali ma’lum qilinmagan. AvtoVAZ rahbari Maksim Sokolov avvalroq model narxi öz segmentining quyi çegarasiga yaqin bölişini aytgan.

Rossiyaning «Za rulyom» naşri boş muharriri Maksim Kadakov esa bazaviy versiya narxi taxminan 2 mln rubl atrofida bölişi mumkinligini prognoz qilgan.

Avvalroq «Kursiv» Lada Iskra avtomobili yangi va kuçli motor olishi haqida yozgan edi.

Shuningdek