Xitoyda işlatilgan iPhone 15 Pro Max narxi oşdi

29-oktabr 2026 14:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xitoyda işlatilgan iPhone 15 Pro Max narxi oşdi
Foto; Midjourney

Xitoyda ikkilamçi smartfon bozorida talab ortişi fonida işlatilgan iPhone 15 Pro Max narxlari kötarila boşladi. Şençjendagi yirik elektronika savdo markazi — Xuatsyanbeyda ayrim sotuvçilar savdo hajmi bir yil içida 80 foizdan köproqqa oşganini ma’lum qilgan.

Bu haqda Xitoyning CCTV telekanali reportajiga tayanib ITHome xabar berdi.

iPhone 15 Pro Max qariyb 500 yuanga qimmatlaşdi

Avvalroq Xitoy ikkilamçi bozorida işlatilgan iPhone 15 Pro Max narxi 4 ming yuandan pastga tuşgan edi.

Hozir esa ayrim qurilmalarning narxi qariyb 500 yuanga oşgan. Şu tariqa uç yillik model ikkilamçi bozorda yana qimmatlaşmoqda.

Sotuvçilarning aytişiça, dökonlarga işlatilgan smartfon sotib oliş yoki eski qurilmasini sotiş uçun kelayotgan xaridorlar soni ham ortgan.

Xotira çiplarining qimmatlaşişi ham ta’sir qilmoqda

Bozordagi narxlar oşişiga smartfonlar uçun xotira çiplarining qimmatlaşuvi ham ta’sir körsatayotgani aytilmoqda.

Manbaga köra, zamonaviy smartfon işlab çiqariş xarajatlarining taxminan 30–40 foizi xotira komponentlariga töğri kelişi mumkin. Ayrim xotira çiplarining narxi esa oldingi eng past darajalariga nisbatan ikki-uç baravar oşgan.

Yangi smartfonlar işlab çiqariş xarajatlarining kötarilişi xaridorlarning ikkilamçi bozorga qiziqişini yanada kuçaytirişi mumkin.

Işlatilgan smartfonlarga talab oşmoqda

Xuatsyanbeydagi sotuvçilardan biri 2026-yil boşidan buyon savdo hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 80 foizdan ortiq oşganini bildirgan.

Bozorda nafaqat iPhone, balki boşqa brendlarning işlatilgan smartfonlariga ham qiziqiş ortayotgani qayd etilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» iPhone Duo modelida yangi muammo aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek