
Samsung Hindiston bozorida yangi Samsung Galaxy A08 budjet smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmoçina xabar berdi.
Qurilmaning asosiy ustunliklari 6 000 mA/soat siğimli akkumulyator, olti yilgaça dasturiy qöllab-quvvatlaş va sun’iy intellekt funksiyalari böldi.
Smartfon 4/64 GB xotirali konfiguratsiyada 18 499 rupiydan sotuvga çiqarildi.
Olti yil davomida yangilaniş oladi
Galaxy A08 Android 17 asosidagi One UI 9 operatsion tizimida işlaydi.
Samsung qurilma uçun olti avlod Android yangilanişi va olti yil davomida xavfsizlik yangilanişlarini taqdim etişni va’da qilmoqda.
Bu byudjet segmentidagi smartfonlar uçun noodatiy uzoq qöllab-quvvatlaş muddati hisoblanadi.
Qurilmada Google Circle to Searç 3.0 funksiyasi, şuningdek, Gemini va Perplexity kabi AI yordamçilaridan foydalaniş imkoniyati mavjud. Ularni quvvat tugmasini uzoq bosib işga tuşiriş mumkin.
90 Gts ekran va Helio G99+
Smartfon 6,7 dyuymli HD+ LCD displey bilan jihozlangan. Ekranning yangilaniş çastotasi 90 Gtsni taşkil qiladi va u Corning Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan.
Galaxy A08 6 nanometrli MediaTek Helio G99+ protsessorida işlaydi.
Samsung ma’lumotiga köra, avvalgi Galaxy A06 bilan soliştirganda bir yadroli protsessor unumdorligi 84 foizga, grafik unumdorlik esa 60 foizga oşgan.
Bazaviy versiyada 4 GB LPDDR5 tezkor xotira va 64 GB içki xotira mavjud. microSD kartasi orqali xotirani 2 TB gaça kengaytiriş mumkin.
6 000 mA/soat batareya
Galaxy A08 6 000 mA/soat siğimli akkumulyator bilan jihozlangan va 25 Vt simli tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi.
Kompaniya hisob-kitobiga köra, yangi model avvalgi avlodga nisbatan videoni 22 foiz uzoqroq vaqt davomida namoyiş eta oladi.
Asosiy kamera 50 MP
Smartfonning orqa qismida f/1.8 diafragmali 50 MP asosiy kamera va portret suratlar uçun 2 MP çuqurlik sensori joylaştirilgan.
Old tomonda esa 8 MP selfi kamera mavjud. Qurilma IP64 standarti böyiça çang va suv saçraşidan himoyalangan.
Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy M54 uçun Android 17 asosidagi One UI 9’ni çiqargni haqida yozgan edi.