
Qarşining «Nasaf» klubi Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçining uçinçi turida Quvaytning «Al-Kuvayt» jamoasiga 0:1 hisobida mağlub böldi.
28-oktabr kuni Qarşidagi «Markaziy» stadionida ötgan uçraşuvdan keyin «Nasaf» A guruhida 1 oçko bilan uçinçi örinda qolmoqda.
Yagona gol birinçi bölimda urildi
Uçraşuvdagi yagona gol 40-daqiqada kiritildi. «Al-Kuvayt» futbolçisi Muhammad Daham mezbonlar darvozasini işğol qildi.

«Nasaf» öyin davomida hisobni tenglaştiriş uçun bir neça imkoniyat yaratgan bölsa-da, ulardan foydalana olmadi va uçraşuv 0:1 hisobida yakunlandi. Bahsni qatarlik hakam Abdulhadi ar-Ruayliy boşqardi.
«Nasaf»ning pley-off imkoniyati pasaydi
Uç turdan keyin «Nasaf» hisobida 1 oçko bor. «Al-Kuvayt» esa 6 oçko bilan guruhda ikkinçi örinni egallab turibdi.
OÇL-2 reglamentiga köra, har bir guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga yöl oladi. Şu sabab Qarşi klubining navbatdagi öyinlari turnirda qoliş imkoniyati uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi öyin yana «Al-Kuvayt»ga qarşi
«Nasaf» turnirdagi navbatdagi uçraşuvini 4-noyabr kuni safarda yana «Al-Kuvayt»ga qarşi ötkazadi.
Osiyo Çempionlar Ligasi 2 musobaqasida jami 32 klub Ğarb va Şarq mintaqalariga bölingan holda sakkizta guruhda qatnaşmoqda.
Avvalroq «Kursiv» «Paxtakor» Iroqda yutqazgani haqida yozgan edi.