
AQŞda General Motors’ning CarBravo sertifikatlangan işlatilgan avtomobillar platformasida Chevrolet Equinox EV elektromobillarining kam yurgan köplab variantlari $30 mingdan arzon narxda sotuvga qöyilgan.
CarBravo ma’lumotlariga köra, hozir platformada 30 ming mildan kam yurgan 200 dan ortiq Equinox EV mavjud. Ularning aksariyati 2024-yilgi modellar bölib, 39 tasi töliq uzatma — AWD tizimiga ega.
Eng arzon variant $22 ming turadi
Sotuvdagi eng arzon old ğildirakdan tortuvçi Çevrolet Equinox EV — 2024-yilgi 2LT versiyasi.
U qariyb 21 ming mil yurgan va $22 mingga baholangan.
AWD tizimiga ega eng arzon variant ham 2024-yilgi 2LT bölib, qariyb 30 ming mil yurgan. Uning narxi $24 342ni taşkil qiladi.
Şuningdek, CarBravöda 7 ming mildan kam yurgan yana bir AWD 2LT versiyasi mavjud bölib, u eng arzon AWD avtomobildan atigi $400 qimmatroq.

Asosiy takliflar 2024-yilgi modellarga töğri keladi
Platformadagi Çevrolet Equinox EV’larning katta qismi 2024-yilda işlab çiqarilgan.
GM Authority qayd etişiça, yangiroq modelni tanlaş zavod kafolatining uzoqroq muddat saqlanişi jihatidan foydali bölişi mumkin.
Bundan taşqari, Çevrolet 2026-yilgi modelda ayrim kamçiliklarni bartaraf etgan. Xususan, asboblar panelidagi yoruğlik aks etişi kamaytirilgan.
Ayrim 2025-yilgi avtomobillarda zaryadlaş kabeli bölmasligi mumkin
Ikki darajali zaryadlaş kabeli 2024, 2026 va 2027-yilgi Çevrolet Equinox EV’larda standart jihoz sifatida taklif etilgan.
2025-yilgi modellarda esa u qöşimça opsiya bölgan. Şu sabab işlatilgan 2025-yilgi avtomobilni xarid qilişda uşbu kabel mavjudligini alohida tekşiriş talab etiladi.
GM CarBravo’ga köproq e’tibor qaratmoqda
General Motors asta-sekin özining an’anaviy sertifikatlangan işlatilgan avtomobillar dasturidan voz keçib, dilerlarni CarBravo platformasi orqali işlaşga yönaltirmoqda.
Bunday avtomobillar zavod tomonidan qöllab-quvvatlanadigan kafolat bilan sotiladi.
Kompaniyaning bu qarori Carvana kabi işlatilgan avtomobil platformalari bilan raqobatni kuçaytirişga qaratilgan.
Eslatib ötamiz, «Kursiv» Çevrolet Bolt elektromobili haqida yozgan edi.