
Kun oson keçmasligi mumkin, lekin agar siz uni muhim işlar bilan boşlasangiz, u juda samarali böladi. Töğri, şuni yodda tutingki, hatto odatiy masalalarni yeçiş ham siz öylagançalik oson bölmaydi. Ehtimol, taniş usullar samarasiz bölib çiqadi va yangi narsalarni öylab topişga harakat qiliş kerak böladi. Darvoqe, bu yerda ilgari orttirilgan tajriba köpçilikka asqotadi. Ammo tanişlar beradigan maslahatlar, ehtimol, foydasiz bölib çiqadi, hatto ularni beradigan odamlar çin dildan harakat qilişsa ham. Quyida burjlar böyiça 31-oktabr uçun munajjimlar başoratini taqdim qilamiz.
Qöy (21.03 – 20.04)

Voqealar tez rivojlanadi va ularni atrofdagilar bilan muhokama qiliş uçun har doim ham yetarli vaqtingiz bölmaydi. Intuitsiyaga işoning: u nimaga ertaroq kirişişni va nimani keyinga qoldirişni tuşunişga yordam beradi. Ertalab hamma ham sizning tanlovingizni ma’qullamaydi, tanqidiy fikrlar eşitilişi mumkin. Bu siz xato qildingiz degani emas. Birovning har bir şubha-gumonini könglingizga yaqin olmang.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Eski iş uçun ba’zi yoqimli maşğulotlarni keyinga qoldiriş açinarli böladi, ammo şanba aynan şu bilan boşlanişi mumkin. Tugallanmagan vazifalar yoki endi qaytib kelişni istamaydigan savollar özlarini eslatadi. Ularni şoşilmasdan hal qilişga harakat qiling va köp xafa bölmang. Tez orada vaziyat yaxşi tomonga özgaradi va siz haqiqatan ham xursand qiladigan iş bilan şuğullanişingiz mumkin böladi.
Kun örtasida yaqinlaringiz bilan baham körişni istaydigan ğoyalar paydo böladi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Töplanib qolgan işlarni tezda hal qiliş mumkin. Kunning birinçi yarmi boşlangan işni yakunlaş va ilgari erişib bölmagan natijani köriş imkonini beradi. Ehtimol, birovning xatosini tuzatişga yoki e’tiborsizlik tufayli qiyin ahvolga tuşib qolgan yaqin kişingizni qutqarişga töğri kelar. Ammo bu sizning rejalaringizga ta’sir qilişi dargumon.
Kunning birinçi yarmi xarid qiliş, ayniqsa, yaqinlaringiz bilan birga foydalanadigan buyumlarni xarid qiliş uçun ham mos keladi. Agar interyerni yangilaşni istasangiz, mos keladigan narsani topişingiz mumkin.
Qisqiçbaqa (22.06 – 22.07)

Kun boşidayoq ba’zi rejalarni bugun amalga oşirib bölmasligi ma’lum böladi. Agar siz qandaydir yangi yondaşuvni sinab körsangiz va faqat odatiyroq bölgani uçun dastlabki qarorga yopişib olmasangiz, eng muhim işlarni uddalaysiz. Qarindoşlaringiz yoki eski tanişlaringizga quloq soling: ularning maslahatlari foydali bölişi mumkin.
Taxminan tuşdan keyin muloqot uçun qulay davr boşlanadi. Siz ayniqsa jozibali bölasiz, köpçilik siz bilan yaqindan tanişişni istaydi.
Arslon (23.07 – 23.08)

Va’da berişga şoşilmang: ularni bajariş siz öylagandan köra qiyinroq bölişi mumkin. Notaniş odamlar bilan muloqotda ehtiyot böliş muhim. Ular bilan kelişiş oson bölmaydi, kimningdir siz bilan manipulyatsiya qilişga urinişini esa içki sezgingiz sezmasligi mumkin. Xotirjam işonçni saqlang va provokatsiyalarga berilmang: bu ortiqça köngilsizliklarning oldini olişga yordam beradi.
Moliya va mol-mulkka oid muhim masalalarni ertalab soat ön birdan kunduzgi ikkigaça hal qiliş lozim.
Parizod (24.08 – 22.09)

Sizga çindan ham yoqadigan iş bilan şuğullanişga muvaffaq bölasiz. Lekin avval yiğilib qolgan işlarni tartibga soliş, keraksizlaridan qutuliş va allaqaçon qoldirilgan masalalarni hal qiliş kerak böladi. Hamma işni yolğiz bajariş şart emas. Döstlar va tanişlar, ehtimol, iltimosga javob beradi, ilgari yordam bergan odamlar esa öz taşabbuslari bilan yordam taklif qilişlari mumkin.
Vaziyatni özgartiriş uçun ham qulay kun. Oldindan tayyorlangan safar ham, oxirgi daqiqada qaror qilgan qisqa sayohatingiz ham yaxşi böladi.
Tarozi (23.09 – 23.10)

Uzoq vaqt davomida jur’at eta olmagan vazifangiz bugun qölingizdan kelişi mumkin. Undan boşlang yoki biror yangi muhim işga kirişing: ajoyib natijaga erişiş imkoniyati yuqori. Yaqin kişingiz yordam taklif qilişi mumkin va bu ayni muddao böladi. Umuman olganda, şanba tinç ötadi, sizda xavotirga sabab bölişi dargumon.
Ertalab pul tuşişi mumkin. Bu vaqt ançadan beri qilmoqçi bölgan xaridingiz uçun ham mos keladi. Agar siz bir munça vaqtdan beri xarid qiliş haqida öylayotgan bölsangiz-u, lekin pul sarflaşga arziydimi yoki yöqmi, şubhalanayotgan bölsangiz, hozir töğri qaror qabul qilişingiz mumkin.
Çayon (24.10 – 22.11)

Ertalab kiçik muammo yuzaga kelsa, tezda yeçim topasiz. Ehtimol, siz uni mustaqil ravişda yengib ötişingiz mumkin, ammo agar siz iltimos qilsangiz, yaqinlaringiz ham yordam berişdan boş tortmaydi.
Ertalab kutilmagan xarajatlar kayfiyatni biroz buzişi mumkin. Summa unça katta bölmaydi, budjetdan xavotirlanişga jiddiy sabab yöq. Qolgan hollarda, bu kun, ayniqsa, katta işga kirişişga tayyor bölganlar uçun qulay bölişi kutilmoqda.
Öqotar (23.11 – 21.12)

Kunning birinçi yarmidan foydalanib, ançadan beri tinçlik bermayotgan masalani hal qiling. Bu davr juda samarali bölişi kutilmoqda. Avvalgi xatolaringizni tuzatişingiz, muhim işda oldinga siljişingiz yoki köp kuç talab qilgan loyihani yakunlaşingiz mumkin. Töğri, biroz harakat qilişga töğri keladi, lekin natijadan mamnun bölasiz.
Yaqinlaringiz bilan umumiy mol-mulk, pul va kelajakdagi xarajatlar haqida suhbatni ham hozir ötkazganingiz ma’qul: hamma uçun maqbul bölgan yeçimni topiş osonroq böladi.
Toğ eçkisi (22.12 – 20.01)

Vaziyat yoki qöllab-quvvatlaş yöqligi tufayli amalga oşirilişi keçiktirilgan reja yana bir bor öylab körişga arziydi. Bugun ğoyalaringizni amalga oşirişda yordam berişga tayyor odam topilişi mumkin. Izçil harakat qiling: qulay muhit ğoyani yana bir bor muhokama qiliş örniga, muhim işga qaytiş va haqiqiy natijalarni köriş imkonini beradi.
Ertalab biror muhim oilaviy masala yuzasidan yaxşi xabarlar olib kelasiz.
Qovğa (21.01 – 19.02)

Ertalabki rejalarni yaqinlaringiz bilan kelişib oliş siz xohlagandek oson bölmaydi. Yangi vazifalar birin-ketin paydo bölişi mumkin, birgalikdagi harakatlar haqida kelişib oliş esa darhol amalga oşmaydi. Ammo bundan xafa bölişning hojati yöq: zöriqiş tez orada kamayadi va kunning örtasi quvoniş uçun köproq sabablar beradi.
Döstlar bilan uçraşuv yoki oilaviy tadbir uçun kunning ikkinçi yarmi mos keladi. U köngiloçar sayohatlar uçun ham qulay böladi.
Baliq (20.02 – 20.03)

Uyda qandaydir muammolar yuzaga kelişi dargumon. Belgilangan işlar bilan xotirjam şuğullanişingiz, maişiy masalalarni hal qilişingiz va yaqinlaringiz bilan har kuni foydalanadigan narsalarni tanlaşingiz mumkin. Bunday xaridlar uçun kunning birinçi yarmi ayniqsa qulaydir. Agar mos keladigan narsa arzon turmasa, tejamkorlik uçun undan voz keçiş şart emas: moliyaviy manzara ança qimmat xaridlar qilişga imkon beradi.