Abduqodir Husanov uçun 7 ball: futbolçi baholandi

1-noyabr 2026 10:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abduqodir Husanov uçun 7 ball: futbolçi baholandi
Foto: depositphotos

Özbekiston terma jamoasi va «Mançester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer-ligasining töqqizinçi turida «Brayton»ga qarşi öyinda 90 daqiqa harakat qildi.

«Etihad» stadionida ötgan uçraşuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 11-daqiqada Yasin Ayari tomonidan urildi.

Husanov 90 daqiqa maydonda qoldi

Husanov uçraşuvni asosiy tarkibda boşladi va final huştagigaça maydonda harakat qildi. Opta ma’lumotlariga köra, özbekistonlik futbolçi 90 daqiqa öynab, 92 ta uzatmadan 86 tasini aniq yetkazgan.

Sofascore ma’lumotlarini keltiruvçi statistik manbada Husanovning öyini 7,0 ball bilan baholangan. Bu «Mançester Siti» futbolçilari orasidagi yuqori körsatkiçlardan biri böldi.

«Mançester Siti» imkoniyatlaridan foydalana olmadi

Mezbonlar öyin davomida katta ustunlikka ega böldi. «Mançester Siti» 21 marta zarba berdi, şundan oltitasi darvoza tomon yönaldi. «Brayton» esa yettita zarba bilan javob qaytardi.

Sofascore hisob-kitobiga köra, «Mançester Siti»ning kutilayotgan gollar körsatkiçi — xG 1,92, «Brayton»niki esa 1,00 bölgan. Şunga qaramay, mezbonlar gol ura olmadi.

«Brayton» darvozaboni Bart Verbruggen yettita seyv amalga oşirib, Sofascore’dan maksimal 10 ball oldi. «Mançester Siti» safida esa eng yuqori baho Jeremi Dokuga berildi — 9,3 ball.

«Brayton» 11-daqiqadagi golni saqlab qoldi

Uçraşuv taqdirini Yasin Ayarining 11-daqiqadagi goli hal qildi. U Maksim De Kyuyperning uzatmasidan keyin hisobni oçdi.

Şundan söng «Mançester Siti» katta bosim uyuştirdi, biroq mehmonlar himoyasi va Verbruggenning seyvlarini yorib öta olmadi. Natijada «Brayton» safarda 1:0 hisobidagi ğalabani saqlab qoldi.

Bu Husanovning joriy mavsumda «Mançester Siti» safidagi navbatdagi töliq öyini böldi. U avvalgi turda «Aston Villa»ga qarşi ham 90 daqiqa maydonda harakat qilgan edi.

Avvalroq «Kursiv» futbolçining statistikasi yangilanmgani haqida yozgan edi.

Shuningdek