
Samsung’ning kelajakdagi Galaxy S27 flagman smartfoni avvalgi yetti avloddagi kabi 25 Vt quvvatlaş tezligini saqlab qolişi mumkin. Bu haqda UL Solutions bazasida paydo bölgan ma’lumotlarga tayanib Sammobile xabar berdi.
Agar ma’lumot tasdiqlansa, Samsung bazaviy Galaxy S modelining simli quvvatlaş tezligini yana bir avlod davomida oşirmaydi.
Yetti avloddan beri 25 Vt
Samsung Galaxy S liniyasining bazaviy modellari sönggi yetti avlod davomida 25 Vt simli quvvatlaş bilan çeklanib kelmoqda.
Galaxy S27 ham aynan şu körsatkiçni saqlab qolişi kutilmoqda. Bu esa ayrim Xitoy işlab çiqaruvçilari 60–100 Vt va undan yuqori tezlikdagi quvvatlaş texnologiyalarini taklif qilayotgan bir paytda Galaxy S27’ning raqobatçilaridan ortda qolişiga sabab bölişi mumkin.
Galaxy S27 Ultra tezroq quvvatlanişi mumkin
Galaxy S27 Ultra böyiça vaziyat biroz boşqaça bölişi kutilmoqda.
Smartfonning maksimal quvvatlaş quvvati avvalgi modeldagi kabi 60 Vt bölib qolişi mumkin. Biroq Samsung quvvatlaş jarayonini optimallaştirişi natijasida qurilma Galaxy S26 Ultra’dan biroz tezroq quvvatlanişi aytilmoqda.
Şunga qaramay, kutilayotgan ösiş sezilarli bölmasligi mumkin.
Exynos 2700 batareya sarfini kamaytirişi mumkin
Galaxy S27’ning asosiy afzalliklaridan biri energiya samaradorligi bölişi kutilmoqda.
Galaxy S26’da işlatilgan Exynos 2600 çipi yuqori energiya samaradorligini namoyiş etgan bölsa, yangi model Exynos 2700 protsessorini olişi mumkin.
Yangi çip oldingi avlodga nisbatan kamroq energiya sarflaşi kutilmoqda. Natijada Galaxy S27 quvvatlaş tezligi oşmasa ham, bir marta quvvatlanganda uzoqroq işlaşi mumkin.
Hozirça Galaxy S27’ning texnik xususiyatlari Samsung tomonidan rasman tasdiqlanmagan. Şu sabab UL Solutions bazasidagi ma’lumotlar qurilma taqdimotigaça özgarişi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Samsung W27 jonli smartfoni suratlarda körsatilgani haqida yozgan edi.