
Belarusda Xitoyning Dongfeng konserniga qaraşli Forthing X5 EVO gibrid krossoveri taqdim etildi. Mahalliy «Yunison» zavodida yiğilayotgan avtomobil bir marotaba töliq quvvatlanib, benzin baki töldirilganda 1 150 kmgaça masofani bosib ötişi mumkin. Bu haqda Dongfeng kompaniyasi ma’lum qildi.
Yangi avtomobil 4-noyabr kuni Minskda namoyiş etildi. Işlab çiqaruvçi uni Belarusda yiğilgan ilk ketma-ket gibrid krossover sifatida taqdim etdi.
Forthing X5 EVO qanday imkoniyatlarga ega?
Krossover 163 ot kuçiga ega elektr dvigatel va 31,94 kVt·soat siğimli akkumulyator bilan jihozlangan. Avtomobil faqat elektr quvvatida 230 kmgaça yuradi.
Forthing X5 EVO ketma-ket gibrid tizimida işlaydi. Bunda 1,5 litrli benzin dvigateli ğildiraklarni bevosita harakatlantirmaydi, balki elektr energiyasi işlab çiqarib, akkumulyatorni quvvatlaydi. Ğildiraklar esa elektr dvigatel yordamida harakatlanadi.

Işlab çiqaruvçi ma’lumotiga köra, avtomobilning umumiy yurış masofasi CLTC sinov sikli böyiça taxminan 1150 kmni taşkil etadi. Amaldagi körsatkiç ob-havo, yöl şaroiti va haydaş uslubiga qarab farqlanişi mumkin.
Krossoverning uzunligi 4,6 metr, eni 1,86 metr, balandligi esa 1,7 metrni taşkil etadi.
Avtomobilning Elite versiyasida 15,6 dyuymli multimedia ekrani, panoramali tom, old örindiqlarni isitiş, sovitiş va massaj qiliş funksiyalari mavjud. Şuningdek, sakkizta xavfsizlik yostiqçasi, adaptiv kruiz-nazorat, avtomatik favqulodda tormozlaş hamda harakatlanış yölagini saqlaş tizimlari nazarda tutilgan.
Belarus iqlimiga moslaştiriş maqsadida avtomobil kuzovi korroziyadan qöşimça himoyalangan, akkumulyatorni sovuqdan saqlaş çoralari körilgan.
Yangi gibridning narxi qancha?
Rasmiy narxlar röyxatiga köra, Forthing X5 EVO ning Luxury versiyasi 92,7 ming Belarus rubli (370,8 mln söm), Elite komplektatsiyasi esa 98,7 ming Belarus rubli (394,8 mln söm) turadi.
Dastlabki xaridorlar uçun Elite versiyasiga 6 ming Belarus rubli (24 mln söm) çegirma taqdim etiladi. Natijada uning narxi 370,8 mln sömga tuşadi.
Şuningdek, avtomobilni imtiyozli kredit yoki lizing asosida xarid qiliş imkoniyati mavjud. Biroq rasmiy sayt şartlariga köra, maxsus çegirma imtiyozli moliyalaştiriş dasturlari bilan birga qöllanmaydi.
Forthing X5 EVO Belarusdagi Dongfeng kompaniyasining 14 ta dilerlik markazi orqali sotuvga çiqarilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekistonda Chevrolet Cobalt avtomobilini foizsiz muddatli tölovga xarid qilişda 10 mln sömlik çegirma amal qilmasligi haqida yozgan edi.