Sindarov şaxmat toji uçun öyin oldidan Gukeş ustidan ustunlikka erişdi

6-noyabr 2026 09:58 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
sindarov
Foto: Olamsport

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Dommaraju Gukeş bilan şaxsiy uçraşuvlarda ustunlikka ega. Bölajak jahon çempionligi bahsi oldidan umumiy hisob Sindarov foydasiga 4,5:1,5 ni taşkil etmoqda.

Klassik şaxmatda hisob 2,5:0,5

Sindarov klassik formatdagi uçrashuvlarda Gukeşdan 2,5:0,5 hisobida oldinda.

Özbekistonlik şaxmatçi Gukeşni 2018-yilgi Moscow Open va 2022-yilgi Sharjah Masters turnirlarida mağlub etgan. Ularning Tata Steel Masters doirasidagi sönggi uçraşuvi esa durang bilan yakunlangan.

Blitsda ham Sindarov ustun

Blits formatida Sindarovning ustunligi 2:0 ni taşkil etadi. U ikkala ğalabasini ham GCT Super Blitz turnirida qölga kiritgan.

Gukeş Sindarovga qarşi yagona töliq oçkosini rapid formatida, Varşavadagi musobaqada olgan.

Jahon çempionligi uçun bahs 22-noyabrda boşlanadi

Sindarov va Gukeş 22-noyabrdan 13-dekabrgaça Şveysariyaning Jeneva şahrida jahon çempionligi unvoni uçun kuraşadi.

Ularning bahsi jahon şaxmat çempionatlari tarixidagi eng yoş çempionlik qarama-qarşiligi bölişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Total Chess reytingida Abdusattorov Sindarovdan yuqorilagani haqida xabar berilgandi. Total Chess reytingi şaxmatçilarni klassik, rapid va blits yönalişlaridagi natijalari asosida yagona körsatkiç bilan baholaydi. Şu sababli uning reytingi FIDE’ning klassik şaxmat reytingidan farq qiladi.

Shuningdek