Toşkentdagi 8 ta avtobus yönalişida nazorat kuçaytirildi

Toşkent şahridagi 8 ta avtobus yönalişida yöl haqini tölaş tartibiga rioya etilişini nazorat qiliş kuçaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Nazorat tadbirlari 42, 56, 74, 84, 120, 169, 174 va 177-sonli avtobus yönalişlarida olib borilmoqda.
Olti kunda 2 mingdan ortiq bayonnomalar tuzildi

Vazirlik ma’lumotiga köra, 28-oktabrdan 2-noyabrga qadar uşbu yönalişlarda yöl haqini tölamagan yölovçilarga nisbatan 2 152 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
- Qoidabuzarliklar tahliliga köra, eng köp holatlar:
- 174-yönalişda – 291 ta;
- 120-yönalişda – 286 ta;
- 56-yönalişda – 284 ta;
- 169-yönalişda – 284 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
Bayonnomalar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan tuzilgan. Eng köp holat 174-sonli yönalişda qayd etilib, 291 ta bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Transport vazirligi nazoratdan maqsad jamoat transportida yöl haqining öz vaqtida va töliq tölanishini ta’minlaş ekanini bildirdi.
Avvalroq 2026-yil 1-sentabrdan brutto-şartnoma asosida işlaydigan barça şahar avtobuslarida yölkira tölaşning yangi tartibi joriy etilişi haqida xabar berilgan edi.