Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida qatnaşadi

5-noyabr 2026 14:28 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Foto: IJF

Dzyudo böyiça Olimpiada çempioni Diyora Keldiyorova xalqaro musobaqalardagi iştirokini davom ettiradi. Özbekistonlik sportçi Xorvatiyaning Zagreb şahrida ötkaziladigan Gran-pri turnirida qatnaşadi.

Zagrebdagi musobaqa Keldiyorova uçun «Parij – 2024» Olimpiadasidan keyingi uçinçi xalqaro turnir böladi.

U tanaffusdan söng ilk bor Qozoğistonning Aktau şahrida ötkazilgan Osiyo kubogida tatamiga qaytgan va oltin medalni qölga kiritgan.

Keldiyorova musobaqa davomida qozoğistonlik Nuraylim Sarsenbek va Gulxan Şingisxanni mağlub etgan. Finalda esa Ozarbayjon vakili Farida Mirzayevani muddatidan oldin yenggan.

Şundan söng u BAAda ötkazilgan Abu-Dabi «Katta dubulğa» turnirida ham qatnaşdi, biroq medalsiz qoldi.

Keldiyorova Parijda Olimpiada çempioni bölgan

Diyora Keldiyorova 2024-yilgi Parij Olimpiadasida 52 kilogrammgaça vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan.

U yozgi Olimpiya öyinlarida oltin medal olgan Özbekiston tarixidagi birinçi ayol sportçi bölgan.

Avvalroq «Kursiv» Diyora Keldiyorova ğalabadan söng qozoq tilida murojaat qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek