
Xitoyda Apple kompaniyasining ilk buklanuvçi smartfoni – iPhone Duo’ni qimmat narxda sotib olib, ustama bilan sotishni rejalashtirgan savdogarlar zarar körmoqda. Ayrim sotuvçilar bitta qurilmadan 1200 yuan yöqotgan. Bu haqda Xitoyning Zhejiang Economic TV telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, 23-oktabr kuni iPhone Duo sotuvga çiqişidan oldin vositaçilar unga talab yuqori bölişini kutib, katta miqdorda smartfon xarid qilgan. Ular qurilmalar taqçilligidan foydalanib, telefonlarni qimmatroq narxda sotişni möljallagan.
Biroq smartfon sotuvga çiqqaç, ikkilamçi bozordagi narxlar kutilganidek ösmagan, aksinça, tez pasaya boşlagan.
1-noyabr kuni Xançjou şahridagi elektronika savdo markazi sotuvçilaridan biri iPhone Duo bilan savdo qilayotgan vositaçilarning aksariyati zarar körayotganini bildirgan. Uning aytişiça, bozorda ayrim tajribali savdogarlar 100 – 200 ming yuan zarar körgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan.
Yana bir sotuvçining söziga köra, savdo boşlangan kuni qurilma uçun belgilanayotgan qöşimça haq 3 ming yuandan ming yuandan sal köproq miqdorgaça kamaygan. Natijada u sotib olgan har bir smartfondan 1200 yuan zarar körgan.
Nega iPhone Duo narxi pasaydi?

Bunga qurilmaning ayrim texnik muammolari va dasturiy ta’minot bilan boğliq kamçiliklar sabab bölgani aytilmoqda.
Xususan, ayrim foydalanuvçilar smartfonning buklanuvçi ekrani yorilişi, şarnir atrofida nuqsonlar paydo bölişi hamda bir qator mobil ilovalar katta ekranga töliq moslaştirilmagani haqida şikoyat qilgan.
Bundan taşqari, qurilmaning yuqori narxi ham xaridorlarning qöşimça ustama tölaşga bölgan qiziqişini pasaytirgan.
Apple kompaniyasining rasmiy ma’lumotiga köra, iPhone Duo’ning Xitoydagi boşlanğiç narxi 15 999 yuanni taşkil etadi. AQŞda esa qurilma $1 999 dan sotuvga çiqarilgan.
Şu bilan birga, qayta sotuvçilarning zarar körişi Apple’ning barcha bozorlarda iPhone Duo savdosi pasayganini anglatmaydi. Gap, avvalo, qurilmalarni qimmatga xarid qilib, yanada yuqori narxda sotishga uringan vositaçilar haqida bormoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple kompaniyasi ayrim iPhone Duo smartfonlarida içki ekran bilan boğliq muammo mavjudligini tan olgani va nuqsonli qurilmalarni almaştirişini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.