
AvtoVAZ Lada Vesta oilasini yangiladi. Endi modelning barcha versiyalariga 1,8 litrli, 132 ot kuçiga ega yangi avlod dvigateli örnatiladi. Bu haqda AvtoVAZ’ning rasmiy kanalida xabar berildi. Yangilanish sedan, universal hamda ularning Cross versiyalarini qamrab oladi.
Vesta endi 100 km/soatga 10 soniyada çiqadi

Yangi 1,8 litrli dvigatel 132 ot kuçini işlab çiqaradi, aylantiruvchi moment esa 175 Nm ga yetkazilgan. Natijada Lada Vesta’ning maksimal tezligi 192 km/soatga oşgan. Avtomobil 0 dan 100 km/soatga 10 soniyada tezlaşadi. Aralaş rejimdagi yoqilği sarfi esa 100 km ga 7,4 litrni taşkil etadi.
Yangi dvigatel olti poğonali mexanik uzatmalar qutisi yoki variator bilan birga taklif etiladi. U «Praktik» va «Drayv» komplektatsiyalaridan boşlab mavjud böladi. Mexanik uzatmalar qutisiga ega versiyalar narxi 1,845 mln rubldan boşlanadi. Variator uçun yana 45 ming rubl tölaş kerak.
Cross versiyalariga yangi rejimlar qöşildi
Lada Vesta Cross versiyalari harakat rejimini tanlaş tizimiga ega böldi. Haydovçi «Tuproq», «Qum», «Qor» va «Sport» rejimlaridan birini tanlay oladi. Tizim tanlangan rejimga qarab dvigatel, sirpanişga qarşi tizim va barqarorlik tizimi sozlamalarini özgartiradi.
«Techno» komplektatsiyasiga esa şinalardagi bosimni nazorat qiliş tizimi hamda asboblar paneli va eşik içki qismidagi fon yoritgichi qöşilgan. AvtoVAZ ma’lumotiga köra, yangilangan Lada Vesta avtomobillari allaqaçon rasmiy dilerlarga yetkazib berilmoqda.
Avvalroq AvtoVAZ ikki xil yoqilğida işlaydigan Lada Vesta CNG sedanining jihozlarini kengaytirgani haqida xabar berilgan edi.