Akbar Jörayev jahon rekordini yangilab, oltin medalni qölga kiritdi

6-noyabr 2026 17:44 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Akbar Jörayev jahon rekordini yangilab, oltin medalni qölga kiritdi
Foto: OlympicUz

Özbekistonlik oğir atletikaçi Akbar Jörayev Xitoyning Ninbo şahrida ötkazilayotgan jahon çempionatida dast kötariş maşqida oltin medalni qölga kiritdi. Sportçi 198 kilogramm natija bilan öziga tegişli jahon rekordini ham yangiladi.

Akbar Jörayev -110 kilogramm vazn toifasida dast kötariş maşqida 198 kilogramm natija qayd etdi.

U uşbu natija bilan birinçi örinni egallab, oltin medal sohibiga aylandi. Şuningdek, sportçi avval öziga tegişli bölgan jahon rekordini yangiladi.

Siltab kötariş bahslari ham ötkaziladi

Jahon çempionatida -110 kilogramm vazn toifasidagi sportçilar siltab kötariş maşqida ham medallar uçun kuraşni davom ettiradi.

Musobaqa Xitoyning Ninbo şehrida ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Akbar Jörayev Osiyo öyinlari çempioni bölgandi. Oğir atletikaçi Osiyo öyinlarida oltin medalni qölga kiritdi.

Sportçi dast kötarişda 197 kg, siltab kötarişda 226 kg natija qayd etdi. Ikki maşq yakunida Jörayevning umumiy natijasi 423 kg ni taşkil etdi va u mutlaq ğolib böldi.

Shuningdek