Javohir Sindarov 53 ta partiyada mağlub bölmadi

9-noyabr 2026 17:15 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Javohir Sindarov Nomzodlar turnirini mag‘lubiyatsiz yakunladi
Foto: Olamsport

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov klassik şaxmatda ketma-ket 53 ta partiyani mağlubiyatsiz yakunladi. Uning seriyasi 2025-yil sentabridan 2026-yil mayigaça, qariyb sakkiz oy davom etdi.

Sindarovning mağlubiyatsiz seriyasi FIDE Grand Swiss turnirida boşlandi. Şaxmatçi uşbu davrda Grand Swiss’da 8 ta, Germaniya Bundesligasida 2 ta, Jahon kubogida 14 ta, Tata Steel Chess turnirida 14 ta, Nomzodlar turnirida 14 ta va Ruminiyadagi Super Chess Classic’da bitta partiyani mağlubiyatsiz yakunladi.

Şu tariqa uning klassik şaxmatdagi seriyasi jami 53 ta partiyaga yetdi.

Jahon kubogi va Nomzodlar turnirida muvaffaqiyat qozondi

Sindarovning uşbu davrdagi eng muhim natijalaridan biri 2025-yilgi Jahon kubogidagi çempionlik böldi.

U 2026-yilgi Nomzodlar turnirida ham muvaffaqiyatli qatnaşib, 6 ta ğalaba va 8 ta durang qayd etdi. Grossmeyster musobaqa yakuniga bir tur qolganida birinçi örinni kafolatladi.

Nomzodlar turniridagi ğalabadan söng Sindarov şaxmat böyiça amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi çempionlik bahsida iştirok etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq FIDE Sindarov – Gukeş öyini böyiça rasmiy qaror qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Unga köra, bahsda klassik şaxmat uçun belgilangan avvalgi vaqt nazorati saqlab qolinadi.

Shuningdek