Aktyor Matyoqub Matçonov «Farz» filmi uçun xalqaro mukofot oldi

9-noyabr 2026 15:17 eʼlon qilindi

Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Foto: uzbkino.uz

Özbekiston xalq artisti Matyoqub Matçonov Istanbulda ötkazilgan VI «Qörqut Ota» turkiy dunyo kinofestivalida «Eng yaxşi erkak roli» mukofotini qölga kiritdi. Bu haqda Özbekiston Kinematografiya agentligi ma’lum qildi.

«Eng yaxşi erkak roli» nominatsiyasi ğolibi

Foto: afisha.uz

Özbekiston xalq artisti Matyoqub Matçonov Istanbulda ötkazilgan VI «Qörqut Ota» turkiy dunyo kinofestivalida «Eng yaxşi erkak roli» nominatsiyasida ğolib böldi. Aktyor mukofotni rejissyor Sarvar Karimovning «Farz» filmidagi ijrosi uçun qölga kiritdi.

«Farz» dramasida Matçonov halol mehnati bilan kun köradigan usta Sobir aka rolini ijro etgan. Qahramon Haj ziyorati uçun yiğgan pulini yaqin döstining oilasiga uy qurib berişga sarflaşga qaror qiladi. Film 2026-yilda Qozon xalqaro kinofestivali rasmiy dasturida qatnaşgan va Barselonadagi «Asian Film Festival» dasturiga ham kiritilgan.

Yana ikki özbek filmi ham sovrin oldi

Foto: uzkinematografiya_official instagram sahifasi

Rejissyor Möminjon Tursunovning «Hayotga taşnalik» kartinasi hujjatli filmlar tanlovida ikkinçi örinni egalladi.

Bundan taşqari, Suxrob Qodirov va Dilşod Usmonov suratga olgan «Quyoş öğli Yusuf» qisqa metrajli filmi öz yönalişida uçinçi öringa sazovor böldi. Şu tariqa festivalda Özbekiston vakillari jami 3 ta mukofot qölga kiritdi.

Festivalda 56 ta film namoyiş etildi

Foto: aa.com.tr

VI «Qörqut Ota» turkiy dunyo kinofestivali joriy yil 3 – 7-noyabr kunlari Istanbulda ötkazildi. Unda 10 ta mamlakat hamda turkiy dunyoning 10 ta avtonom respublika va hamjamiyatidan kinoijodkorlar qatnaşdi.

Festival davomida 56 ta film namoyiş etildi, şundan 30 tasi töliq metrajli badiiy film, hujjatli film va qisqa metrajli film yo‘nalişlarida sovrinlar uçun kuraşdi. Jami 14 ta mukofot topşirildi. Festivalning eng yaxşi filmi deb Turkiyaning rejissyor Ensar Altay suratga olgan «Kanto» kartinasi topildi.

Avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yil 27-oktabr kuni ikki kinorejissyorni «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlagani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek