Samsung Galaxy S27 Pro neça dona işlab çiqarilişi ma’lum böldi

9-noyabr 2026 20:56 eʼlon qilindi

Muhammad Hodiyev

Muhammad Hodiyev

Muxbir
Foto: AI

Samsung kompaniyasi 2027-yilda yangi Galaxy S27 Pro smartfonining 7-8 mln donasini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu model kompaniyaning navbatdagi flagmanlar qatorida Ultra versiyasidan keyingi eng köp işlab çiqariladigan qurilmalardan biriga aylanişi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreyaning ETNews naşri ma’lumotlariga tayanib, Sammy Fans xabar berdi.

Ma’lumotlarga köra, Samsung Galaxy S27 turkumidagi smartfonlardan jami 35 mln dona işlab çiqarişni közlamoqda. Şundan 18 mln donasi Galaxy S27 Ultra, 7-8 mln donasi esa yangi Galaxy S27 Pro modeliga töğri kelişi kutilmoqda. Oddiy Galaxy S27 va S27+ modellari uçun jami 9-10 mln dona işlab çiqariş rejalaştirilgan.

Samsung flagmanlar qatorini kengaytirmoqda

Galaxy S27 Pro kompaniyaning flagmanlar qatoridagi yangi model bölişi kutilmoqda. U oddiy S27 va S27+ versiyalaridan yuqori, Ultra modelidan esa bir poğona past joylaşadi.

Tarqalgan ma’lumotlarga köra, smartfon 6,5 dyuymli ekran bilan jihozlanişi mumkin. Şuningdek, u Ultra modelining ayrim ilğor imkoniyatlarini kiçikroq korpusda taklif qilişi kutilmoqda. Biroq S Pen qöllab-quvvatlaşi bölmasligi mumkin.

Samsung Galaxy S27 turkumini 2027-yil boşida taqdim etişi kutilmoqda. Kompaniya hozirça yangi modellar va ularning işlab çiqariş hajmi böyiça rasmiy ma’lumot bermagan.

Avvalroq Samsung Galaxy S27 Ultra dizayniga oid yangi ma’lumotlar paydo bölgandi.

Shuningdek