Mağlubiyatlar seriyasi: Bibisora Assaubayeva Budapeştdagi turnirda oxirgi örinda ketmoqda

11-noyabr 2026 15:20 eʼlon qilindi

Dilobar Yoʻldosheva

Dilobar Yoʻldosheva

Muxbir
Foto: sports.kz

Qozoğistonlik taniqli şaxmatçi Bibisora Assaubayeva Budapeştda ötkazilayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot 2026 turnirining dastlabki blits bosqiçida ketma-ket 8 ta partiyada mağlub bölib, yakunda 0,5 oçko bilan oxirgi örinni egalladi. Bu haqda Sports.kz naşri xabar qildi.

Abdusattorov ham Assaubayevani mağlub etdi

Assaubayeva dastlabki turlarda Rameshbabu Praggnanandhaa, Fabiano Karuana, Şahriyor Mamedyarov, Yorden van Forest va Uesli Soga imkoniyatni boy berdi.

Oltinçi turda esa u özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bilan öynadi. Partiya Abdusattorovning ğalabasi bilan yakunlandi. Keyingi turlarda Assaubayeva Le Kuang Lyem va Endryu Hongga ham yutqazdi.

Qozoğistonlik şaxmatçi mağlubiyatlar seriyasini faqat sönggi, töqqizinçi turda töxtata oldi. U hindistonlik Vayshali Rameshbabu bilan durang öynab, turnirdagi yagona yarim oçkosini qölga kiritdi. Yakuniy hisobda Assaubayeva 9 imkoniyatdan 0,5 oçko töpladi va 24-çi örinda qoldi.

Blits bosqiçida Magnus Karlsen 7 oçko bilan birinçi örinni egalladi. Maksim Vaşye-Lagrav 6,5, Levon Aronyan esa 6 oçko töpladi.

Musobaqa 20-noyabrga qadar davom etadi

Foto: totalchess.com

Total Chess World Championship Tour Pilot 10–20-noyabr kunlari Budapeştda ötkazilmoqda. Musobaqa blits, rapid va tezlaştirilgan klassik şaxmat formatlarini birlaştiradi. Keyingi bosqiçlarda iştirokçilar rapid va klassik şaxmatda ham bellashadi.

Avvalroq Bibisora Assaubayeva özining özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindarov bilan munosabatlari va ehtimoliy töyi haqidagi köplab sarlavhalarga hazil aralaş munosabat bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek