Chevrolet Cobalt sotib olgandan keyin nimalarni tekşiriş kerak

11-noyabr 2026 14:31 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Yangiliklar muharriri a.ten@kursiv.media
Foto: «Kolyosa»

Chevrolet Cobalt Özbekistonda ikkilamçi bozorda talab yuqori bölgan sedanlardan biri hisoblanadi. Biroq avtomobilni xarid qilişdan oldin ayrim qismlarini, xususan, avtomat uzatmalar qutisi va dvigatel bilan boğliq detallarni tekşiriş tavsiya etiladi. Bu haqda Quatro Rodas ma’lum qildi.

Naşr Chevrolet Cobalt’ning birinçi avlodi — 2011–2015-yillarda işlab çiqarilgan avtomobillarning afzalliklari va xarid vaqtida e’tibor beriş kerak bölgan jihatlarini tahlil qilgan.

Qaysi komplektatsiyani tanlaş mumkin

Birinçi avlod Cobalt’ning LTZ komplektatsiyasi xaridorlar orasida köproq talabga ega. Unda elektr sozlanadigan yon közgular, orqa elektr oynalar, bort kompyuteri va tumanga qarşi faralar mavjud.

Özbekistonda uşbu komplektatsiyaning narxi ikkilamçi bozorda 91,4 mln sömdan boşlanadi.

Nisbatan arzonroq variant sifatida LT komplektatsiyasini tanlaş mumkin. Uning Özbekistondagi ikkilamçi bozordagi narxi 66 mln söm atrofida. Uşbu versiyada ABS va ikkita xavfsizlik yostiği mavjud.

Har ikkala komplektatsiyada 1,4 litr hajmli Econo.Flex dvigateli taklif qilingan. Motor etanolda 102 ot kuçi, benzinda esa 97 ot kuçi işlab çiqaradi.

Quatro Rodas ma’lumotlariga köra, yölovçilar va yuk bilan tez-tez harakatlanadiganlar uçun 1,8 litrli dvigatel ma’qulroq. U etanolda 108 ot kuçi, benzinda 106 ot kuçiga ega bölib, aylantiruvçi momenti ham 1,4 litrli dvigatelnikidan yuqori.

Cobalt’da qanday muammolar uçraşi mumkin

Naşr ma’lumotlariga köra, avtomobil egalari eng köp avtomat uzatmalar qutisi bilan boğliq muammolardan şikoyat qilgan. Uzatmalar qutisi umuman olganda mustahkam va işonçli hisoblanadi. Biroq ayrim avtomobillarda uzatmalar almaşinuvida, xususan, orqaga yuriş rejimini tanlaşda nosozliklar paydo bölişi mumkin.

1,4 litrli dvigatelga ega Cobalt xarid qilayotganlar radiatorning yuqori şlangini ham tekşirişi kerak. U çiqariş kollektori çap tomonida joylaşgan. Agar şlangda şişiş yoki yoriqlar paydo bölgan bölsa, uni almaştiriş talab etiladi.

Şuningdek, gidravlik ilaşiş tizimining işçi mexanizmi muddatidan oldin yeyilişi mumkin. Bu holatda ham detalni almaştiriş zarur.

Avvalroq Damas va Labo işlab çiqariş Cobalt, Onix va Tracker işlab çiqarişga qaraganda köproq foyda keltirgan.

Shuningdek