Karlsen Assaubayevaga qarşi öyindan voz keçib, tarixiy pasayişdan qutuldi

18-noyabr 2026 08:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Karlsen Asaubayevaga qarşi öyindan voz keçib, tarixiy pasayişdan qutuldi
Foto: Instagram/ @totalchess

Jahon reytingi yetakçisi, norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Qozoğiston vakili Bibisora Assaubayevaga qarşi sönggi partiyani ötkazmaslik orqali klassik şaxmatdagi reytingining 2 800 balldan pastga tuşib ketişidan qutulib qoldi.

Bu holat Vengriyaning Budapeşt şahrida ötayotgan Total Çess World Çampionşip Tour Pilot 2026 turnirida yuz berdi.

Karlsen uçraşuvda muddatidan oldin ğalabani ta’minladi

Karlsen Assaubayevaga qarşi bahs davomida uçta blits partiyasida va ikkita rapid öyinida ğalaba qozongan. Şuningdek, blitsdagi yana bir partiya durang bilan yakunlangan.

Şundan söng norvegiyalik şaxmatçi hisobda 11,5:0,5 körinişida katta ustunlikka ega bölib, umumiy ğalabani muddatidan oldin ta’minlagan.

Keyinçalik Assaubayeva sakkiz oçkoni qaytarişga muvaffaq bölgan, biroq uçraşuv yakunida Karlsen 11,5:8,5 hisobida ğalaba qozongan.

Reyting 2 800 balldan pastga tuşişi mumkin edi

Hozirda Karlsenning klassik şaxmatdagi reytingi 2 801,2 ballni taşkil etadi.

Manbaga köra, agar Assaubayeva yakuniy partiyada heç bölmaganda durang qayd etganida, Karlsenning reytingi 2 800 balldan pastga tuşişi mumkin edi.

Bu norvegiyalik grossmeyster uçun sönggi 17 yil içida ilk bor 2 800 punktlik çegaradan pastga tuşiş holati bölardi. Biroq Karlsen yakuniy partiyani ötkazmaslikka qaror qilgani sabab bu ssenariy yuz bermadi.

Avvalroq «Kursiv» Assaubayeva Abdusattorovni ortda qoldirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek