
Xitoyda işlab çiqariladigan Mercedes-Benz VLE elektr miniveni 2026-yil 27-noyabr kuni Guangzhou Auto Şow körgazmasida ilk bor namoyiş etiladi. Bu haqda CarNewsChina naşri xabar bermoqda.
Mercedes-Benz VLE – Vision V konsept-karining seriyali talqini hisoblanadi. Modelning Yevropadagi işlab çiqarilişi 2026-yil iyun oyida Ispaniyada boşlangan.
Xitoy bozori uçun esa avtomobilni Fujian Benz qöşma korxonasi işlab çiqaradi. Korxona Mercedes-Benz Group, BAIC va Fujian Motor Industry iştirokida taşkil etilgan bölib, hozirda V-Class va Vito modellarini ham yiğadi.

Yetti örindiqli salon va 3,34 metrlik baza
Xitoy versiyasidagi Mercedes-Benz VLE’ning uzunligi 5 310 mm, eni 2 000 mm va balandligi 1 922 mmni taşkil etadi. Ğildirak bazasi – 3 340 mm.
Model yetti örindiqli bölib, salon 2+2+3 sxemasida taşkil etilgan. Xaridorlarga 19, 20 va 21 dyuymli ğildirak disklari taklif qilinadi.
Avtomobilning jihozlangan oğirligi modifikatsiyaga qarab 3 030–3 220 kg oraliğida, töliq massasi esa 3 780 kgni taşkil etadi.
409 ot kuçigaça
Bazaviy Mercedes-Benz VLE orqa öqda joylaşgan bitta ZF elektromotori bilan jihozlanadi.
Uning maksimal quvvati 200 kVt yoki 268 ot kuçini taşkil etadi. Şuningdek, ikki elektromotorli va töliq uzatmali versiya ham taklif qilinadi. Uning umumiy quvvati 305 kVt yoki 409 ot kuçiga yetadi.
Har ikkala variant CATL va Mercedes-Benz qöşma korxonasi işlab çiqargan uç komponentli NMC batareyasi bilan jihozlanadi.

Orqa ğildiraklar ham buriladi
Mercedes-Benz VLE orqa ğildiraklarni boşqariş tizimi va pnevmatik osma bilan jihozlanadi.
Bu texnologiyalar Xitoydagi premium miniven segmentida tobora ommalaşib bormoqda. Mahalliy işlab çiqaruvçilar öz modellarida köp kamerali pnevmatik osma, buriluvçi örindiqlar, proyeksion faralar va rivojlangan haydovçiga yordam tizimlarini taklif qilmoqda.
Şu sabab VLE Xitoy bozorida Li Auto Mega, Zeekr 009, Denza D9, Voyah Dream va boşqa yirik MPV’lar bilan raqobatlaşişiga töğri keladi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Chevrolet Blazer uçun çegirmalar e’lon qilingani haqida yozgan edi.