
Vivo’ning navbatdagi buklanuvçi smartfoni – Vivo X Fold 7 uçun qaysi flagman protsessor tanlanişi hozirça aniq emas. Kompaniya MediaTek Dimensity 9600 Pro va Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 6 oilasi orasida tanlov qilmoqda.
Dizayn keng formatga ötmaydi
Manbaga köra, Vivo keyingi avlod buklanuvçi flagmanida asosiy form-faktorni jiddiy özgartirmoqçi emas. Qurilma 20:9 nisbatdagi odatiy formatni saqlab qolişi kutilmoqda. Şu tariqa Vivo Samsung Galaxy Z Fold 8 yoki Apple’ning iPhone Duo modeli kabi kengroq buklanuvçi qurilmalar yönalişiga ötmasligi mumkin.
Hozirgi Vivo X Fold 6 Xitoyda 2026-yil iyunida, global bozorda esa sentabrda taqdim etilgan. Uning vorisi esa kelasi yili çiqişi kutilmoqda.
Tanlov 2 nm çiplar orasida böladi
Digital Çat Station ma’lumotiga köra, Vivo X Fold 7’da 2 nm texnologik jarayonda işlab çiqarilgan flagman çip qöllanişi rejalaştirilmoqda.
Hozir kompaniya ikki variantni körib çiqmoqda: MediaTek Dimensity 9600 Pro va Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 6.
Çip narxi $300 dan oşişi mumkin
Manba Dimensity 9600 Pro narxi Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6’dan ham yuqori bölişi mumkinligini da’vo qilmoqda.
Avvalgi ma’lumotlarda MediaTek’ning flagman çipi taxminan $220, Qualcomm’ning Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori esa qariyb $300 turişi aytilgan edi.
Agar yangi ma’lumot töğri çiqsa, Dimensity 9600 Pro narxi ham $300 dan oşişi mumkin.
Biroq Vivo X Fold 7’ning protsessori, narxi va boşqa asosiy xususiyatlari kompaniya tomonidan hali rasman tasdiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Vivo X500 Pro Max narxi taqdimotdan oldin tarqalib ketgani haqida yozgan edi.