Lada Azimut yon oynalarni isitiş tizimiga ega böladi

19-noyabr 2026 08:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lada Azimut yon oynalarni isitiş tizimiga ega böladi
Foto: Lada

AvtoVAZ yangi Lada Azimut krossoverida yon oynalarni elektr yordamida isitiş tizimi bölişini ma’lum qildi. Uşbu yeçim qişda oynalardagi muz qatlamini tezroq eritiş va haydovçining yon tomondagi köriş imkoniyatini yaxşilaşga xizmat qiladi.

Kompaniya ta’kidlaşiça, bunday texnologiya ommaviy avtomobil sanoatida kam uçraydi.

Oyna ikki qatlamdan iborat

Lada Azimut uçun möljallangan isitiladigan yon oynalar Bor şişa zavodida işlab çiqariladi. Ularning tuzilişi ikki dona 1,6 millimetrli şişa qatlamidan iborat.

Ular orasiga isitiş elementlari joylaştirilgan şaffof parda qöyiladi. Tayyor oynaning umumiy qalinligi 4 millimetrni taşkil etadi.

Işlab çiqariş jarayoni olmosli rolik yordamida şişa qismlarini kesişdan boşlanadi. Keyin şişa qizdirilib, kerakli şaklga keltiriladi. Keyingi bosqiçda harorat va bosim ta’sirida qatlamlar orasidagi havo çiqarib yuboriladi va dastlab xira bölgan parda şaffof holatga keladi.

Muzdan tezroq tozalanadi

Har bir tayyor oyna nuqsonlar, optik buzilişlar va şaklning texnik talablarga mosligi böyiça tekşiriladi.

AvtoVAZ ma’lumotiga köra, texnologiya nafaqat qişda muz va qirovni tezroq yöqotişga, balki avtomobil salonidagi şovqinni kamaytirişga ham yordam beradi.

Şu tariqa tizim sovuq mavsumda avtomobildan foydalaniş qulayligini oşirişi kutilmoqda.

Avvalroq Lada Azimut’ning dastlabki seriyali avtomobillari dilerlarga yetkazilgani, model sotuvi esa 1-dekabrdan boşlanişi ma’lum qilingan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri yangilangan Lada Vesta avtomobili namoyiş etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek