Yangilangan Zeekr 7X 27-noyabrda Xitoyda taqdim etiladi

19-noyabr 2026 11:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangilangan Zeekr 7X 27-noyabrda Xitoyda taqdim etiladi
Foto: Zeekr

Zeekr kompaniyasi yangilangan 2027-yilgi Zeekr 7X elektromobilini 27-noyabr kuni Guançjou avtosalonida Xitoy bozoriga taqdim etadi. Modelga buyurtmalar avvalroq 229,8 ming yuan, ya’ni qariyb $34,5 mingdan boşlangan.

Yangilangan krossoverning asosiy özgarişlari orasida 900 voltli elektr arxitekturasi, yangi akkumulyator variantlari va G-ASD G-Pilot H7 haydovçiga yordam beriş tizimi bor.

Taşqi köriniş deyarli özgarmadi

Zeekr 7X avvalgi dizaynini saqlab qolgan. Biroq kuzov uçun oltin va binafşa rangdagi ikki yangi variant qöşilgan. Avtomobilning old qismida Zeekr Stargate interaktiv yoritiş paneli saqlanib qolgan.

Krossoverning ölçamlari 4 825 × 1 930 × 1 666 millimetrni, ğildiraklar bazasi esa 2 925 millimetrni taşkil etadi.

Foto: Zeekr

Salon beş kişiga möljallangan. Örindiqlar Nappa terisi bilan qoplangan. Yangilangan model yangi rul, eşik panellari va zamşa bilan qoplangan şiftga ega böldi.

Örindiqlarda massaj va «nol gravitatsiya» rejimi bor

Old örindiqlarda 12 nuqtali massaj tizimi mavjud. U sakkiz xil rejim va uç darajadagi intensivlikni qöllab-quvvatlaydi.

Şuningdek, old örindiqlarda «nol gravitatsiya» holati mavjud. Orqa örindiqlar suyançiği elektr yordamida sozlanadi va örindiqlarni 215 millimetrgaça oldinga yoki orqaga suriş mumkin.

LiDAR asosidagi yordamçi haydov tizimi

Yangilangan Zeekr 7X G-ASD G-Pilot H7 haydovçiga yordam beriş tizimi bilan jihozlanadi. U LiDAR sensori asosida işlaydi va haydovçi nazorati ostida avtomobilni bir manzildan boşqa manzilga mustaqil olib boriş imkonini beradi.

802 kmgaça yuriş zaxirasi

Foto: Zeekr

Bazaviy Zeekr 7X 75 kVt/soatli akkumulyator va 370 kVt, ya’ni 496 ot kuçiga teng elektr motoriga ega. Uning yuriş zaxirasi CLTC usulida 620 km, WLTP böyiça esa taxminan 502 kmni taşkil etadi.

Şuningdek, 85 kVt/soatli akkumulyatorli versiya ham mavjud. Uning yuriş zaxirasi CLTC böyiça 680 km, WLTP böyiça esa 551 kmga teng.

Orqa yetakli versiyaga 103 kVt/soatli akkumulyator örnatilganda avtomobil 802 km gaça yurişi mumkin.

Eng yuqori toifadagi töliq yetakli Zeekr 7X esa ikkita elektr motoriga ega. Ularning umumiy quvvati 585 kVt yoki 785 ot kuçini taşkil etadi. 103 kVt/soatli akkumulyator bilan model CLTC böyiça 715 km, WLTP böyiça esa 579 km yuradi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Zeekr 009 avtomobilining örindiği sinovdan ötgani haqida yozgan edi.

Shuningdek