Claude yaratuvchisi Anthropic 1,5 trln dollarga baholanmoqda

19-noyabr 2026 13:28 eʼlon qilindi

Dilobar Yöldoşeva

Dilobar Yöldoşeva

Muxbir
Foto: depositphotos.com

Claude çat-boti yaratuvçisi Anthropic dastlabki ommaviy joylaştiriş — IPO parametrlarini e’lon qildi. Kompaniya aksiyalari joriy yil 19-noyabrdan Nasdaq birjasida ANT tikeri ostida savdoga çiqişi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy bayonotida ma’lum qildi.

IPO narxi bir aksiya uçun $83

IPO narxi bir aksiya uçun $83 etib belgilandi. Anthropic jami 980 mln dona A toifadagi aksiya joylaştirmoqda. Şundan qariyb 956 mln donasini kompaniyaning özi, qolganini esa ayrim amaldagi aksiyadorlar sotadi.

Associated Press hisob-kitobiga köra, bu narxda Anthropic’ning bozor bahosi qariyb $1,5 trlnga yetadi. Joylaştirişning umumiy hajmi esa qariyb $81 mlrdni taşkil etadi. Bu IPO’ni fond bozori tarixidagi eng yirik joylaştirişlardan biriga aylantiradi.

IPO narxi dastlabki diapazondan yuqori belgilandi

Anthropic 10-noyabrda IPO doirasida 825 mln aksiya taklif qilişni va ularning narxini $70–$78 oraligida belgilashni rejalashtirgan edi. Keyinçalik joylaştiriş hajmi 980 mln aksiyaga, yakuniy narx esa $83 ga oşirildi.

Kompaniya ma’lumotiga köra, aksiya savdolari 19-noyabrda Nasdaq Global Select Market’da boşlanişi, IPO esa 20-noyabrda yakunlanişi kutilmoqda.

Anthropic 2021-yilda taşkil etilgan bölib, uning asosiy mahsuloti — Claude sun’iy intellekt çat-boti. Kompaniya OpenAI va boshqa yirik generativ sun’iy intellekt ishlab çiquvçilari bilan raqobat qiladi.

Avvalroq Anthropic kompaniyasining IPO rejasi AQŞ fond bozorini kötargani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek