
«Mançester Siti» himoyaçisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining 11-turida «Fulhem»ga qarşi öyinni ötkazib yuborişi mumkin. Futbolçining uçraşuvda iştirok etişi hozirça noma’lum, deb xabar bermoqda NBC Sports.
21-noyabr kuni bölib ötadigan bahs oldidan «Mançester Siti» himoya çiziğida bir qator muammolarga duç kelgan. Husanov bilan birga Mark Gehi va Yoşko Gvardiolning ham maydonga tuşişi söroq ostida.
Husanovning holati qayta baholanadi
Sports Mole ma’lumotiga köra, özbekistonlik himoyaçining jarohati jiddiy emasligi taxmin qilinmoqda. Biroq uning qaçon töliq tiklanişi hozirça noma’lum.
Husanovning jismoniy holati «Fulhem»ga qarşi uçraşuv oldidan yana bir bor baholanadi. Şundan keyin uning öyinda qatnaşişi böyiça yakuniy qaror qabul qilinişi kutilmoqda.
Terma jamoaning ikki öyinini ötkazib yubordi
Husanov 7-noyabr kuni «Nottingem Forest»ga qarşi uçraşuvda maydonda töliq 90 daqiqa harakat qilgan. «Mançester Siti» mazkur bahsda 1:3 hisobida mağlub bölgan.
Keyinçalik himoyaçi jismoniy holati bilan boğliq muammo sabab Özbekiston terma jamoasining Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida qatnaşmadi.
«Mançester Siti» — «Fulhem» uçraşuvi 21-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan 17:30 da boşlanadi.
Avvalroq «Kursiv» «Mançester Siti» xorvatiyalik himoyaçi Yoşko Gvardiolni «Barselona»ga sotişni rejalaştirmayotgani haqida yozgan edi.