RedMagic 12 Pro jahon bozoriga çiqdi: narxi qanday

19-noyabr 2026 14:29 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
RedMagic 12 Pro jahon bozoriga çiqdi: narxi qanday
Foto: Redmagic

RedMagic brendi öyinlar uçun möljallangan RedMagic 12 Pro smartfonini xalqaro bozorda sotuvga çiqardi. Qurilma avval Xitoyda taqdim etilgan bölib, global versiya asosiy texnik xususiyatlarini saqlab qolgan.

Asosiy farqlardan biri quvvatlaş tezligida. Xitoy versiyasida 120 vattli simli quvvatlaş mavjud bölsa, xalqaro model 80 vatt bilan çeklanadi.

Ekranida kamera uçun teşik yöq

RedMagic 12 Pro 6,85 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan. Uning aniqligi 2688 × 1216 piksel, yangilaniş tezligi esa 185 Hzni taşkil etadi.

16 megapikselli old kamera ekran ostiga joylaştirilgan. Şu sabab ekran yuzasida kamera uçun alohida teşik yoki kesma mavjud emas.

Smartfon Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori va Adreno 850 grafik tizimida işlaydi. Şuningdek, öyin jarayonlarini boşqarişga yordam beruvçi Red Core R5 qöşimça protsessori mavjud.

8400 mA/soatli akkumulyator

Qurilma 8400 mA/soat siğimli akkumulyator bilan jihozlangan. U 80 vattli simli va 80 vattgaça simsiz quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi.

Smartfonning qizib ketişini kamaytiriş uçun havo va suyuqlik asosidagi sovitiş tizimlari birgalikda işlaydi.

RedMagic 12 Pro Android 17 asosidagi RedMagic OS 12 tizimida işlaydi.

Asosiy kamera 50 megapikselli

Smartfon orqa tomonida ikkita 50 megapikselli kamera mavjud. Asosiy modul optik tasvir barqarorlaştiriş tizimiga ega.

Qurilma IP68 va IP69 darajasida suv hamda çangdan himoyalangan. Şuningdek, stereo karnaylar bilan jihozlangan.

Narxi $900 dan boşlanadi

RedMagic 12 Pro xalqaro bozorda uçta xotira variantida taklif qilinmoqda.

12 GB tezkor va 256 GB içki xotirali versiya $900, 16/512 GB varianti $1 ming, 16 GB tezkor va 1 TB içki xotirali eng yuqori versiya esa $1,2 ming turadi.

Yevropada smartfon narxi 900 yevrodan boşlanadi.

Eslatib ötamiz, «Kursiv» RedMagic 12 Pro+ RGB suvli sovitiş tizimi bilan çiqişi haqida yozgan edi.

Shuningdek