
Xitoyning Leapmotor kompaniyasi yangilangan Leapmotor Lafa 5 elektromobiliga oldindan buyurtmalar qabul qilişni boşladi. Bu haqda CarNewsChina naşri xabar bermoqda.
Model narxi 105,8 ming yuandan, ya’ni qariyb $15,8 mingdan boşlanadi. Avtomobilning rasmiy taqdimoti Guangzhou xalqaro avtosaloni doirasida bölib ötadi.
16 daqiqada 80 foizgaça quvvatlanadi
Yangilangan Lafa 5’dagi asosiy özgarişlardan biri — elektromobilning 800 voltli yuqori kuçlanişli platformaga ötkazilişi.

Model 69,7 kVt/soat siğimli akkumulyator bilan jihozlangan. CLTC standartiga köra, bir marta töliq quvvatlanganda avtomobil 640 km gaça masofa bosib öta oladi. WLTP böyiça bu körsatkiç taxminan 518 km ga teng.
800 voltli arxitektura va 3C tezkor quvvatlaş texnologiyasi yordamida akkumulyatorni 30 foizdan 80 foizgaça 16 daqiqada quvvatlaş mumkin.
Elektromobilning olti komponentni birlaştirgan elektr yuritmasi maksimal 185 kVt yoki 248 ot kuçi işlab çiqaradi.
Salonda 50 dyuymli proyeksion ekran bor

Lafa 5 uzunligi 4430 mm, kengligi 1880 mm va balandligi 1520 mmni taşkil etadi. Ğildirak bazasi — 2735 mm.
Yangilangan model saloniga 50 dyuymli kengaytirilgan reallik proyeksion displeyi, 17,3 dyuymli markaziy ekran va old qator uçun ikkita qulay holatga ötuvçi örindiq örnatilgan.
Şuningdek, avtomobil 14 ta karnayli audio tizim hamda barça komplektatsiyalarda özgaruvçan amortizatsiyaga ega FSD tizimi bilan ta’minlanadi.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Leapmotor B03X avtomobili qanday narxda sotilişi haqida yozgan edi.