
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayevaning Budapeştda ötkazilayotgan Total Chess World Championship Tour Pilot-2026 turniridagi iştirokiga yuqori baho berdi. Assaubayeva Sindarov yuborgan videoxabarni özining Telegram kanalida e’lon qildi.
«Barakalla, men sen bilan faxrlanaman. Umuman olganda, juda yaxşi öyin körsatding. Olti iştirokçi orasida beşinçi örin yaxşi natija. Aqllisan!» — dedi Sindarov.
Assaubayeva esa sönggi kunlarda uni qöllab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorçilik bildirdi.

«Menga şunçalik işonişadiki, hatto nima deyişni ham bilmay qoldim. Hazil öz yöliga, sönggi kunlardagi qöllab-quvvatlov uçun barçaga katta rahmat», — deb yozdi Assaubayeva.
Assaubayeva dunyoning kuçli grossmeysterlariga qarşi öynadi
Qozoğistonlik şaxmatçi turnirning guruh bosqiçida 10 oçko jamğarib, olti iştirokçi orasida beşinçi örinni egalladi. U musobaqa davomida erkaklar örtasidagi jahon reytingida 12-örinda borayotgan hindistonlik Arjun Erigaisini mağlub etdi.
17–20-örinlar uçun keçgan yarimfinal bahsida esa Assaubayeva jahon reytingi yetakçisi Magnus Karlsenga 8,5:11,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endilikda u 19-örin uçun amerikalik Endryu Hongga qarşi bahs olib boradi.
Sindarovni jahon toji uçun bahs kutmoqda
Javohir Sindarov 22-noyabrdan 13-dekabrgaça Şveysariyaning Jeneva şahrida hindistonlik Gukeşga qarşi jahon çempionligi uçun dona suradi.
Oçiliş marosimi 22-noyabrga, birinçi klassik partiya esa 24-noyabrga belgilangan. Uçraşuvlar Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
Jahon çempionligi uçun bahsning umumiy sovrin jamğarmasi $2,5 mlnni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Gukeş bölajak raqibi Javohir Sindarovning şaxmatga munosabati unga ilhom berişini aytgandi. U bu haqda beş karra jahon çempioni Vişvanatan Anand va ÇessBase India jurnalisti Sagar Şah bilan suhbatda gapirdi.