
Audi özining yangi flagman krossoveri Audi Q9 modelini Xitoy bozoriga olib çiqişga tayyorlanmoqda. Bu haqda Autohome naşri xabar bermoqda.
Modelning Xitoydagi ilk namoyişi 27-noyabr kuni Guançjou avtosalonida bölib ötadi. Dilerlar ma’lumotiga köra, şu yerning özida avtomobilga dastlabki buyurtmalar ham oçilişi mumkin. Töliq savdolar esa 2027-yil yanvarida boşlanişi kutilmoqda.
Q9 Audi’ning ilk töliq ölçamli haşamatli SUV modeli bölib, BMW X7 va Mercedes-Benz GLS bilan raqobatlaşadi. Yevropada modelning boşlanğiç narxi 108,4 ming yevrodan belgilangan.
Uzunligi 5,3 metrdan oşadi

Audi Q9’ning uzunligi 5 310 mm, balandligi 1 810 mm, ğildirak bazasi esa 3 140 mmni taşkil qiladi. Xitoy manbalarida avtomobil kengligi böyiça 2 010 va 2 210 mm körsatkiçlari uçramoqda, şu sabab bu parametr böyiça yakuniy mahalliy spetsifikatsiyani kutiş ma’qul.
Model olti va yetti örindiqli variantlarda taklif qilinadi. Olti örindiqli versiyada ikkinçi qatorda isitiş, ventilyatsiya va massaj funksiyalariga ega ikkita alohida kreslo joylaştiriladi.
Salonda uçta OLED ekran
Q9 salonida 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli va 14,5 dyuymli MMI multimedia ekrani örnatilgan. Old yölovçi uçun yana 12,3 dyuymli displey va proyeksion ekran ham taklif etiladi.
Avtomobilning ovozli boşqaruv tizimi ÇatGPT bilan integratsiya qilingan.

Q9, şuningdek, 22 ta dinamikka ega Bang & Olufsen 4D audio tizimi bilan jihozlanadi. Uning umumiy quvvati 1360 Vtni taşkil etadi. Tizim salon yoritkiçi bilan sinxron işlaşi, old örindiqlardagi vibratsiya elementlari esa musiqa effektlarini kuçaytirişi mumkin.
Xitoy uçun 3,0 litrli motor bölişi mumkin
Asosiy qiziqiş Xitoy bozori uçun kuç qurilmasiga qaratilgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, Audi Q9 Xitoyda 3,0 litrli dvigatel va 48 voltli yumşoq gibrid tizim bilan taklif qilinişi mumkin. Ayrim manbalarda bunday versiyaning quvvati 367 ot kuçi, aylantiruvçi momenti esa 550 Nm bölişi mumkinligi aytilmoqda. Biroq Audi hozirça Xitoy spetsifikatsiyasini rasman tasdiqlamagan.
Şu sabab uşbu körsatkiçlarni hozirça taxminiy deb hisoblaş kerak.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Damas haqida yangi ma’lumotlar berilgani haqida yozgan edi.