
Xiaomi 18 smartfonining asosiy texnik xususiyatlari haqida yangi ma’lumotlar paydo böldi. Qurilma 6,4 dyuymli ekran, Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessori, 7000 mA/soatli akkumulyator va 100 Vt tezkor quvvatlaş tizimiga ega bölişi mumkin.
Smartfonning Xitoydagi taqdimoti dekabr oyida kutilmoqda. Xiaomi hozirça qurilmaning barça texnik parametrlarini rasman e’lon qilmagan, biroq kompaniya Xitoyda Xiaomi 18 uçun oldindan buyurtmalarni qabul qilişni boşlagan.
6,4 dyuymli ixçam ekran
Insayder ma’lumotiga köra, Xiaomi 18 6,4 dyuymli tekis LTPO OLED ekran oladi. Displey 1,5K aniqlik va 120 Hz yangilaniş çastotasini qöllab-quvvatlaydi.
Ekranda TCL’ning M11 panelidan foydalanilişi kutilmoqda. Qurilmaning apparat platformasi esa Qualcomm’ning Snapdragon 8 Elite Gen 6 çipiga asoslanişi mumkin.
Asosiy kamera 200 MP böladi
Xiaomi 18 orqa tomonida uç kamerali tizim örnatilişi kutilmoqda.
Asosiy kamera 200 MP sensor va optik tasvir barqarorlaştiriş – OIS bilan jihozlanişi mumkin. Bundan taşqari, 50 MP ultra keng burçakli kamera ham tilga olinmoqda.
Telekamera böyiça esa manbalardagi ma’lumotlar bir-biridan farq qiladi.
Debayan Roy’ning avvalgi ma’lumotida telemodul 50 MP ekani aytilgan. Boşqa sizdirilişlarda esa Xiaomi 18’da 200 MP telekamera va taxminan uç karra optik yaqinlaştiriş bölişi mumkinligi körsatilgan. Şu sabab yakuniy kamera konfiguratsiyasi hozirça tasdiqlanmagan.
Akkumulyator 7000 mA/soat
Smartfonga 7000 mA/soat atrofidagi akkumulyator örnatilişi kutilmoqda. Ayrim manbalarda uning siğimi 7200 mA/soat bölişi mumkinligi ham aytilmoqda.
Qurilma 100 Vt simli tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaşi Xitoyning 3C sertifikatsiya bazasida ham qayd etilgan.
Sizdirilgan ma’lumotlarda standart Xiaomi 18 uçun simsiz quvvatlaş tilga olinmagan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 18 uçun oldindan buyurtmalar boşlangani haqida yozgan edi.