
Qozoğiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev özbekistonlik boksçi Sayat Ilyasovga Qozoğiston fuqaroligini beriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Endilikda sportçi xalqaro musobaqalarda Qozoğiston terma jamoasi şarafini tölaqonli himoya qila oladi. Bu haqda boksçining murabbiyi Yerdos Janabergenov ma’lum qilgan.
Fuqarolik rasman berildi
Janabergenovning aytişiça, prezident farmoni imzolangani haqidagi xabardan söng ular darhol migratsiya politsiyasiga murojaat qilib, barça zarur hujjatlarni topşirgan.
«Prezident farmonni imzolagani haqidagi xuşxabarni eşitdik. Şu zahoti migratsiya politsiyasiga borib, uning barça hujjatlarini topşirdik. Xorijdan kelgan vatandoşlarimizga şunday katta kömak körsatib, hammasini tezkor rasmiylaştirib bergan barçaga minnatdorlik bildiraman», – dedi murabbiy.
Uning fikriça, Ilyasov misolida Qozoğistonga yana boşqa kuçli boksçilar ham kelib, mamlakat nomidan ringga çiqişi mumkin.
Ilyasov Özbekiston terma jamoasida qatnaşgan
Sayat Ilyasov bungaça Özbekiston terma jamoasi tarkibida bir qator xalqaro musobaqalarda qatnaşgan.
U 2022-yilda yoşlar örtasidagi Osiyo çempionatida bronza medalini qölga kiritgan. 2023-yilda qit’a birinçiligida kumuş medal sohibi bölgan.
2025-yilda esa 22 yoşgaça bölgan boksçilar örtasidagi Osiyo çempionatida ğolib çiqqan. Şuningdek, u 2025-yilgi IBA jahon çempionatida ham qatnaşgan.
Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Özbekiston vakili World Boxing vitse-prezidenti etib saylangani haqida yozgan edi.