
Volkswagen yangi avlod Volkswagen T-Roc krossoverining sport versiyasi — T-Roc R’ni taqdim etdi. Bu haqda Autonews xabar bermoqda.
Model 333 ot kuçiga ega turbo dvigatel, 48 voltli yumşoq gibrid tizim va 4MOTION töliq uzatmasi bilan jihozlangan. Yangi T-Roc R oddiy T-Roc taqdimotidan taxminan bir yil ötib namoyiş etildi.
333 ot kuçi va 250 km/soat tezlik
Avtomobil kapoti ostida EA888 evo5 oilasiga mansub benzinli turbo dvigatel örnatilgan. Uning quvvati 333 ot kuçi, aylantiruvçi momenti esa 420 Nmni taşkil qiladi.
Motor yetti poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi va 4MOTION töliq uzatma tizimi bilan işlaydi.
T-Roc R:
- 0 dan 100 km/soatgaça 5 soniyada tezlaşadi;
- maksimal tezligi 250 km/soatni taşkil qiladi.

Momentni ğildiraklar örtasida taqsimlaydi
Model R-Performance torque vectoring tizimini olgan. U aylantiruvçi momentni nafaqat old va orqa öqlar örtasida, balki orqa ğildiraklarning özaro örtasida ham taqsimlay oladi.
Şuningdek, avtomobil adaptiv DCC osma tizimi bilan jihozlangan. Haydovçi uçun Race, Special va Drift rejimlari ham mavjud.
Taşqi körinişi ham özgargan
Sport versiyasi oddiy T-Roc’dan maxsus bamperlar, diffuzor, törtta çiqariş quvuriga ega egzoz tizimi va 19 dyuymli ğildirak disklari bilan ajralib turadi.
Salonda R logotipli sport örindiqlari, ruldagi uzatma almaştiriş tutqiçlari va raqamli asboblar panelining maxsus grafikasi mavjud.
Panelda, jumladan, aylantiruvçi momentning ğildiraklar örtasida qanday taqsimlanayotgani ham aks ettiriladi.
Narxi qariyb $66 mingdan boşlanadi
Volkswagen Germaniyada T-Roc R uçun oldindan buyurtmalarni qabul qilişni boşlagan.
Modelning boşlanğiç narxi 59 995 yevro, taxminan $65,9 mingga teng.
Şu tariqa yangi T-Roc R oddiy kompakt krossoverdan köra ança kuçli va texnologik model sifatida Volkswagen’ning R oilasidan joy oldi.
Avvalroq «Kursiv» Volkswagen kelajak avtomobillari uçun yangi çip texnologiyasini joriy etişi haqida yozgan edi.