GTA 6 bir neça kunda 39 mln foydalanuvçini jalb qildi

24-noyabr 2026 08:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GTA 6 bir neça kunda 39 mln foydalanuvçini jalb qildi
Foto; Rockstar

Grand Theft Auto VI (GTA 6) PlayStation tarixidagi eng yirik öyin reliziga aylandi. Sony Interactive Entertainment ma’lumotiga köra, 19–22-noyabr kunlari PS5’da öyinni 39 mlndan ortiq noyob foydalanuvçi işga tuşirgan.

Onlayn bir vaqtdagi öyinçilar böyiça ham rekord

Sony ma’lumotiga köra, GTA 6 PlayStation’da bir vaqtda öynagan foydalanuvçilar soni böyiça ham yangi rekord örnatdi.

Kompaniya qayd etişiça, öyin bu körsatkiçda oldingi barça rekordlarni — yakka öyinçi, multiplayer va bepul öyinlarni ham ortda qoldirgan. Sony bir vaqtdagi öyinçilar sonining aniq maksimal qiymatini oçiqlamadi.

Öyinçilar GTA 6’da 683 mln soat ötkazdi

19–22-noyabr oraliğida PS5 foydalanuvçilari GTA 6’da jami 683 mln soat ötkazgan. Bu har bir öyinçiga örtaça 17,4 soatdan töğri keladi.

Sony bu körsatkiçlarni kompaniyaning içki ma’lumotlari asosida hisoblagan.

Yangi PS5 egalari orasida GTA 6 juda ommabop böldi

GTA 6 relizi PlayStation 5 konsollarining faollaşuviga ham kuçli ta’sir körsatgan.

Sony ma’lumotiga köra, bayram mavsumidan taşqari davrda PS5 konsollarining bir kunda yangi ulanişlari soni tarihiy maksimumga yetgan.

GTA 6 relizidan keyin yangi ulanuvçi PS5 konsollarining 70 foizida birinçi işga tuşirilgan öyin aynan GTA 6 bölgan.

Reliz 19-noyabrda bölib ötdi

Grand Theft Auto VI 2026-yil 19-noyabrda PlayStation 5 va Xbox Series X|S uçun sotuvga çiqdi. Öyin Rockstar Games tomonidan işlab çiqilgan va Take-Two Interactive tarkibida naşr etilgan.

Hozirça GTA 6’ning kompyuter uçun versiyasi qaçon çiqiši rasman e’lon qilinmagan.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan Iordaniya GTA 6’ni bloklamoqçiligi haqida yozgan edi.

Shuningdek