
Honor Yevropa bozori uçun Honor Magic9 Lite+ smartfonini tayyorlamoqda. 91mobiles uning dizayni, asosiy texnik xususiyatlari va taxminiy narxini oşkor qildi.
6,8 dyuymli AMOLED ekran
Insayder ma’lumotiga köra, Honor Magic9 Lite+ 6,8 dyuymli AMOLED displey oladi. Smartfonning yon ramkalari tekis böladi, orqa panelida esa katta dumaloq kamera bloki joylaşadi.
Qurilma ikki rangda — töq kulrang va bej-qizğiş ikki rangli variantda taklif qilinişi mumkin.
Snapdragon 6 Gen 5 protsessori

Honor Magic9 Lite+ Qualcomm Snapdragon 6 Gen 5 platformasida işlaşi kutilmoqda.
Google Play Console ma’lumotida qurilmaning modeli BSN-NX1 sifatida körsatilgan. Smartfon 8 GB tezkor xotira va 256 GB içki xotira bilan taklif qilinişi mumkin.
108 MP asosiy kamera
Smartfonning asosiy kamerasi 108 MP bölişi kutilmoqda.
Unga yana 5 MP ikkilamçi modul qöşiladi. Manba bu kamera ultra keng burçakli modul bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Old kamera esa 16 MP sensor bilan jihozlanişi aytilmoqda.

9530 mA/soat batareya va 80 Vt quvvatlaş
Honor Magic9 Lite+ 9530 mA/soat siğimli akkumulyator olişi mumkin. Bu smartfonni bozordagi eng katta batareyaga ega örta toifa qurilmalardan biriga aylantiradi.
Qurilma 80 Vt tezkor quvvatlaş texnologiyasini qöllab-quvvatlaşi kutilmoqda. Şunga qaramay, smartfonning oğirligi taxminan 209 gramm, qalinligi esa 8,08 mm bölişi mumkin.
Narxi qariyb 700 yevro bölişi mumkin
91mobiles ma’lumotiga köra, Honor Magic9 Lite+ Yevropada 699 yevro atrofida sotilişi mumkin. Honor UK qurilma 2027-yil yanvarida Buyuk Britaniya bozoriga çiqişini tasdiqlagan, biroq aniq sotuv sanasi va rasmiy narx hozirça e’lon qilinmagan.
Smartfon Poco F9 Pro kabi yuqori örta segment qurilmalari bilan raqobat qilişi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Honor 700 seriyasi taqdim etilgani haqida yozgan edi.