
Samsung 2027-yilda çiqarişi kutilayotgan Samsung Galaxy A38 smartfonida asosiy kamerani soddalaştirişi mumkin. Sizib çiqqan yetkazib beriş ma’lumotlariga köra, qurilma 50 MP Sony IMX882 sensorini oladi.
Bu Galaxy A37’da qöllangan Sony IMX906’dan kiçikroq sensor hisoblanadi.
Agar ma’lumot tasdiqlansa, Galaxy A38 kamera apparati böyiça avvalgi avloddan orqaga qadam taşlaşi mumkin.
Sensor hajmi kiçrayişi mumkin
Galaxy A37’da işlatilgan Sony IMX906 sensori 1/1,56 dyuym, Galaxy A38 uçun tilga olinayotgan IMX882 esa 1/1,95 dyuym optik formatga ega.
Kattaroq sensor odatda köproq yoruğlik qabul qiladi. Bu, ayniqsa, keçasi yoki yoruğlik yetarli bölmagan şaroitlarda tasvirning yorqinroq va şovqini kamroq çiqişiga yordam beradi.
Kiçikroq sensor tabiiy fon xiralaşuvi — bokeh effektiga ham ta’sir qilişi mumkin. Bunday vaziyatda smartfon köproq dasturiy qayta işlaşga tayanadi.

Galaxy A36’dagi sensor qaytişi mumkin
Sony IMX882 Samsung uçun yangi sensor emas. Kompaniya uni Galaxy A36’da ham qöllagan.
Şu sabab Galaxy A38 aslida ikki avlod oldingi qurilmada işlatilgan asosiy kamera sensoriga qaytişi mumkin.
Avvalgi sizib çiqişlarda Galaxy A38’da 50 MP asosiy, 8 yoki 12 MP ultra keng burçakli, 5 MP makro va 12 MP old kamera bölişi aytilgan edi. Turli manbalarda ultra keng burçakli kamera aniqligi böyiça tafovut bor, şu bois yakuniy konfiguratsiya hozirça tasdiqlanmagan.
Batareya esa kattalaşişi kutilmoqda
Kamera böyiça ehtimoliy pasayişga qaramay, Galaxy A38 boşqa yönalişda sezilarli yangilaniş olişi mumkin.
Sizib çiqqan ma’lumotlarga köra, smartfonning nominal batareya siğimi 5882 mA/soat böladi. Samsung uni odatda 6000 mA/soat sifatida körsatişi mumkin. Bu Galaxy A37’dagi 5000 mA/soat batareyadan qariyb 20 foiz katta.
45 Vt simli tezkor quvvatlaş saqlanib qolişi kutilmoqda.
Galaxy A58’da pasayiş kutilmayapti
Galaxy A58 böyiça vaziyat boşqaça. Sizib çiqqan ma’lumotlarda bu model 50 MP Sony IMX906 sensorini saqlab qolişi aytilmoqda.
Bu Galaxy A57’dagi asosiy kamera sensori bilan bir xil. Demak, Galaxy A58’da katta kamera yangilanişi bölmasligi mumkin, biroq hozirgi ma’lumotlarga köra, Galaxy A38’dagidek apparat jihatdan pasayiş ham kutilmayapti.
Galaxy A38 va Galaxy A58’ning 2027-yil bahorida taqdim etilişi kutilmoqda. Samsung hozirça ularning yakuniy texnik xususiyatlarini rasman e’lon qilmagan.
Avvalroq «Kursiv» Samsung Galaxy Tab S11 Ultra 400 dollarga arzonlaşgani haqida yozgan edi.