
Zöravonlikdan jabrlangan, zöravonlik xavfi ostida qolgan yoki ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolga tuşgan bolani katta yopiq muassasaga joylaştirib qöyiş emas, balki unga oilaga yaqin muhit yaratib, tiklanişiga yordam beriş — kiçik hajmli ijtimoiy kömak, ya’ni Bolalarni qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy integratsiya markazlarining asosiy maqsadi.
Bunday markazga bola doimiy yaşaş uçun emas, oilasida qoliş yoki boşqa muqobil joylaştiriş imkoniyati qolmagan vaziyatda sönggi çora sifatida joylaştiriladi. Bir markazda 18 yoşgaça bölgan köpi bilan ön nafar tarbiyalanuvçi yaşaşi mumkin va joylaştiriş muddati uç oydan bir yilgaça belgilanadi.
Kursiv Uzbekistan integratsiya markazlari nima uçun kerakligi, ular qanday işlaşi va bolalar u yerda qanday kömak olişi haqida Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus tumani 1-kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazi menejeri Nazira Turdimuratova bilan suhbatlaşdi.
— Kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazlari nima maqsadda taşkil etilgan?
— Asosiy maqsad — bolani oddiygina joylaştiriş emas. Bola individual yondaşuv asosida xavfsiz, oilaga imkon qadar yaqin muhitda yaşaşi, reabilitatsiyadan ötişi va keyin yana normal oilaviy hayotga qayta olişi kerak.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga köra, markazning vazifasi bolaning aqliy, emotsional va jismoniy rivojlanişiga kömaklaşiş, uni oilaviy, milliy an’analar va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalaş, ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini körsatişdan iborat.
Şuningdek, bola öz xulq-atvorini boşqarişni örganişi, ota-onasi bilan buzilgan munosabatlari tiklanişi, jamiyatga qöşilişi, oilaviy-maişiy könikmalarga ega bölişi, mehnat va kasb tanlaşga tayyorlanişi kerak. Yakuniy maqsadlardan biri — uni mustaqil hayotga tayyorlaş. Markazimizga doim ham zöravonlikdan jabrlangan bolalar keltirilmaydi. Ular orasida xulq-atvori yaxshi bölmagan bolalar ham mavjud. Bizning markaz öğil bolalar bilan işlaydi. Qoraqalpoğistondagi ikkinçi, qizlar bilan işlaydigan markaz esa yaqinda işga tuşdi.
— Bu tizim qaçon paydo böldi?

— Kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazlarini taşkil etiş 2025-yil oxirida qabul qilingan bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş böyiça yangi strategiyaning bir qismi.
Prezident farmoni bilan 2026–2030-yillarga möljallangan Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş strategiyasi tasdiqlandi. Strategiyaning maqsadlaridan biri zöravonlikdan jabrlangan yoki xavf ostidagi bolalarga oilaga yaqin muhitda ğamxörlik va kompleks xizmatlar yaratiş.
Prezident farmoni umumiy model va vazifalarni belgilagan bölsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-fevraldagi 48-son qarori esa bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmat körsatişning aniq mexanizmlarini belgilab berdi.
Hujjat zöravonlikdan jabrlangan, öziga nisbatan zöravonlik sodir etilişi xavfi mavjud yoki ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bölgan bolalarni ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar sifatida qamrab oladi.
Xizmatlar har bir bolaning vaziyatiga qarab himoya qiliş rejasi yoki individual integratsiya rejasi asosida körsatiladi. Uşbu rejalarni «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi işlab çiqadi.
Bu juda muhim, çunki barça bolaga bir xil yondaşuv qöllanmaydi. Kimdadir asosiy muammo zöravonlikdan keyingi psixologik jarohat bölişi mumkin, boşqa bolada oilasi bilan munosabatlarni tiklaş, ta’limga qaytariş yoki jamiyatga moslaşiş ustuvor vazifa böladi.
— Bola qanday holatda kiçik kömak markaziga joylaştiriladi?
— Muhim qoida şuki, markaz bolani oiladan ajratişning birinçi varianti emas. Bola öz oilasida saqlab qolinişi yoki muqobil joylaştiriş şakliga berilişi mumkin bölmasa, kiçik hajmli ijtimoiy kömak markaziga joylaştiriş sönggi çora sifatida amalga oşiriladi.
Bir markazga 18 yoşgaça bölgan köpi bilan ön nafar bola qabul qilinadi. Joylaştiriş tegişli vakolatli organning qarori, bola hamda uning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarning roziligi asosida uç oydan bir yilgaça muddatga amalga oşirilişi mumkin.
Bu klassik internat modeli emas. Bola bu yerda uzoq yillar yaşaşi uçun emas, murakkab hayotiy vaziyatdan çiqişi va keyingi xavfsiz hayotga tayyorlanişi uçun joylaştiriladi.
— «Oilaga yaqin muhit» deganda nima nazarda tutiladi, bolalar markazda nima bilan şuğullanadi?

— Bola katta muassasadagi kabi özini tizimning bir qismi sifatida his qilmasligi kerak. Şuning uçun markazda unga oddiy oilaviy hayotga imkon qadar yaqin muhit yaratishga harakat qilamiz.
Bu faqat xona, ovqat yoki kiyim bilan ta’minlaş degani emas. Bolaning fikrini tinglaş, qiziqişlarini hisobga oliş, böş vaqtini mazmunli ötkaziş, ta’lim olişi va tengdoşlari bilan muloqot qilişi uçun şaroit yaratiş ham muhim.
Masalan, davlat tomonidan ajratilgan vauçerlar asosida markazimizdagi bolalar UNI Academy öquv markazida ingliz tili va matematika fanlarini bepul örganmoqda. Ya’ni pulli tögaraklar xarajatlari davlat tomonidan vauçerlar orqali qoplab berilmoqda. Kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlari boşqa tögaraklarga ham bepul jalb etilmoqda. Şuningdek, bolalar Nukus tumanidagi «Kelajak markazi»ning şaxmat maşğulotlari va kutubxonasi imkoniyatlaridan foydalanmoqda.
Sportga ham alohida e’tibor qaratyapmiz. Markazning içki imkoniyatlaridan kelib çiqib, dzyudo va futbol maşğulotlarini taşkil etganmiz. Bu maşğulotlar orqali bolalar jamoada işlaş, tartibga rioya qiliş va öziga işoniş kabi könikmalarni egallaydi.
Bundan taşqari, hozirda asosiy e’tiborimizni bolalarda ijodiy va amaliy könikmalarni rivojlantirişga qaratyapmiz. Xususan, tarbiyalanuvçilarga turli bezak buyumlari, tuvakdagi sun’iy gullar, devorga ilinadigan kompozitsiyalar yasash va xonalarni bezatişni örgatmoqdamiz. Tarbiyaçilar bu maşğulotlarni muntazam ravishda ötkazmoqda va ularga markazdagi barça bolalar jalb etilgan.
Öğil bolalarga möljallangan markazimizda tarbiyalanuvçilar öz xonalarini öz qöllari bilan bezatişni örganmoqda. Hozirça bu maşğulotlar uçun zarur materiallarni öz hisobimizdan xarid qilyapmiz.
Bolalarni kasb-hunarga yönaltiriş ham faoliyatimizning muhim qismi hisoblanadi. Ularning individual qiziqişlaridan kelib çiqib, turli kasblarni egallaşiga kömaklaşmoqdamiz. Masalan, sartaroshlikka qiziqqan bolalarga mazkur kasbni örganishga yordam beryapmiz.
Bundan taşqari, bolalarni milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalaşga harakat qilamiz. Oşxonada birgalikda taom tayyorlaymiz, non va oziq-ovqatning qadri haqida suhbatlaşamiz. Masalan, qoraqalpoq milliy taomlaridan biri — juweri gurtikning tayyorlaniş jarayoni va milliy madaniyatimizdagi örnini örgatamiz. Bunday suhbat va amaliy maşğulotlarni muntazam ötkazişga intilyapmiz.
Biz uçun bolaning markazda faqat yaşaşi yetarli emas. U bu yerda öz qobiliyatlarini kaşf etişi, yangi bilim va hunar egallaşi, tengdoşlari bilan muloqot qilişi hamda mustaqil hayotga tayyorlanişi kerak. Oilaga yaqin muhit yaratişdan közlangan maqsad ham aslida şu.
— Markazda kimlar işlaydi?
— Asosan menejer, psixolog, tarbiyaçi va zarur holatda tarbiyaçi yordamçisi işlaydi. Bunda tarbiyaçilar soni markazdagi bolalar soniga qarab belgilanadi. Masalan, yetti nafargaça bola bölsa uçta tarbiyaçi, yetti va undan ortiq bola bölsa yana bir ştat qöşilişi mumkin. Beş yoşdan kiçik bola qabul qilingan markazlarda tarbiyaçi yordamçisi ham nazarda tutiladi.
Menejer esa markazning kundalik faoliyatini boşqariş, bolalar xavfsizligini ta’minlaş, individual rejalar bajarilişini nazorat qiliş, psixolog va tarbiyaçilar işini muvofiqlaştiriş, ota-ona, mahalla, ta’lim, tibbiyot va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilişga mas’ul.
— Bolaga qanday psixologik yordam körsatiladi?
— Markazdagi psixolog oddiy maslahat beriş bilan çeklanmaydi. U markazda travmani hisobga oluvçi yondaşuvni amalga oşiruvçi asosiy mutaxassis hisoblanadi. Uning faoliyati bolaning psixologik xavfsizligi va tiklanişiga qaratilgan.
Bola markazga kelganda uning psixoemotsional holati baholanadi. Keyin zarur bölsa, zöravonlik oqibatlarini bartaraf etiş böyiça individual yoki guruhli terapiya ötkaziladi.
Psixolog bolaga stressni boşqariş, his-tuyğularini tartibga soliş, özini qadrlaş va ijobiy xulq-atvor könikmalarini rivojlantirişda yordam beradi.
Ötkir psixologik inqiroz — öziga zarar yetkaziş xavfi, zöravonlikdan keyingi şok yoki agressiya kabi vaziyatlarda tezkor psixologik yordam körsatiş ham psixolog vazifasiga kiradi.
— Tarbiyaçi nima bilan şuğullanadi?
— Tarbiyaçi bolaning kundalik hayotiga eng yaqin xodimlardan biri. U bolaga oilaga yaqin muhitda ğamxörlik qiladi, kundalik parvarişini ta’minlaydi, psixologik jihatdan xavfsiz muhit yaratadi va uning yangi şaroitga moslaşişiga yordam beradi. Darslarga va tögaraklarga birga boradi.
Tarbiyaçi bolaning ijtimoiy moslaşuvi va jamiyatga integratsiyasiga, böş vaqtini samarali ötkazişiga, qöşimça ta’lim, sport va qiziqişlari böyiça tögaraklarga qatnaşişiga ham kömaklaşadi.
Bunda maqsad bolaning hamma işini uning örniga bajarib beriş emas. Aksincha, bola kundalik hayotdagi oddiy vazifalarni asta-sekin özi bajarishga örganişi kerak.
— Ota-onalar bilan ham iş olib boriladimi?
— Albatta. Agar bolaning oilasi bilan munosabatlarni tiklaş imkoni bölsa, markazning vazifalaridan biri aynan şunga yordam beriş. Prezident farmoni bilan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlarida ota-onalar uçun «Mehrli oila» xizmati yölga qöyilişi belgilangan. Unda ota-onalarga farzandi bilan buzilgan munosabatlarni tiklaş va uning ijtimoiylaşuviga yordam beriş uçun oilaviy terapiya xizmatlari bepul körsatiladi.
Markaz psixologi ham ota-ona va bola örtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklaş böyiça ular bilan işlaydi va «Inson» markazi psixologlari bilan hamkorlik qiladi.
Şuning uçun bu tizimning maqsadi bolani oiladan uzib qöyiş emas. Aksincha, xavf bartaraf etilişi mumkin bölsa, oilani ham özgartiriş va bolani xavfsiz şaroitga qaytariş kerak.
— Bola markazdan qaçon çiqadi?

— Bu har bir bolaning individual vaziyatiga boğliq. Asosiy savol «bola neça oy markazda yaşadi?» emas, balki «undan keyin bola qayerda xavfsiz yaşay oladi?» bölişi kerak.
Bolaning markazda böliş muddati tugamasidan oldin uning keyingi himoyasi böyiça çoralar köriladi. Imkoniyat bölsa, bola öz oilasiga qaytariladi. Agar oilaga qaytariş xavfsiz bölmasa, muqobil joylaştiriş varianti körib çiqiladi.
Ammo oxirgi paytlarda markazdagi şaroitlarga örganib qolib oilasiga qaytişni istamaydigan va oilasi ham uni qaytarib olişni istamaydiganlar köpayib bormoqda. Bola soğlom, oila xavfsiz ammo ataylab uni yomon körsatib bolasini qaytarib olişni istaydigan va bolaning özi ham markazda qolişni tanlaydiganlar köpaymoqda.
— Nima uçun bu model muhim?
— Bola boşidan keçirgan zöravonlik yoki boşqa oğir vaziyat tufayli yana bir bor katta institutsional muhitga tuşib qolmasligi kerak.
Nukus tumanidagi 1-kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazida bolalarning oddiy maktabdagi ingliz tili tögaragiga, kutubxona va şaxmat maşğulotlariga, futbol va dzyudoga jalb qilinayotgani ham aynan şu yondaşuvning amaliy körinişi.
Markazning vazifasini qisqa qilib aytganda, bolani muassasaga moslaştiriş emas, uni xavfsiz oilaviy va mustaqil hayotga qaytarişdan iborat, oilasi bilan munosabatlarini yaxşilaş va ular örtasida köprik vazifasini bajarişdan iborat.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Kursiv Uzbekistan so‘roviga bergan javobiga ko‘ra, Prezidentning 2025-yil 24-dekabrdagi 256-son farmoni bilan markazlarni 2026-yil 1-fevraldan dastlab Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, yil yakuniga qadar esa respublikaning boshqa hududlarida ishga tushirish belgilangan.
Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha jami 26 ta kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak markazi tashkil etilgan. Xorazmda uchta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida esa ikkitadan, Toshkent shahri, Surxondaryo va Sirdaryoda bittadan markaz faoliyat yuritmoqda. Har bir markaz 10 nafargacha bolalarni qamrab oladi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, hozirda markazlarda 111 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ularning 35 nafari o‘g‘il bola, 76 nafari qiz bola. Tarbiyalanuvchilarning asosiy qismini 14–17 yoshdagilar tashkil etadi — ular 88 nafar. Shuningdek, 10–13 yoshli 19 nafar, 5–9 yoshli uch nafar va besh yoshgacha bo‘lgan bir nafar bola markazlarda yashamoqda.
Ayni paytda 74 nafar bola markazlarda bir-ikki oydan beri, 35 nafari uch-to‘rt oy, yana ikki nafari esa to‘rt oydan ortiq vaqt davomida yashab kelmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyat boshlanganidan buyon markazlarga jami 327 nafar bola joylashtirilgani, ularning 216 nafari keyinchalik markazlardan chiqarilganini ma’lum qildi.
Markazlardan chiqqan 216 bolaning 195 nafari, ya’ni qariyb 90 foizi o‘z oilasiga qaytarilgan. Yana 14 nafari boshqa qonuniy vakiliga, yetti nafari esa muqobil joylashtirish shakllariga berilgan.
Agentlik kelgusida yangi markazlarni tashkil etish hududlar kesimida ehtiyojdan kelib chiqqan holda tahlillar natijalariga asoslanib tashkil etilishi mumkinligini bildirdi.