
2004-yilgi FIDE jahon çempioni, Özbekiston terma jamoasi murabbiyi Rustam Qosimjonov Chess.com naşriga bergan intervyusida Javohir Sindarovning jahon çempionligi matçi, Olimpiadadagi ğalaba va özbek şaxmati oldidagi navbatdagi tarixiy imkoniyat haqida gapirdi.
22 yildan söng yana jahon çempionligi uçun kuraş
Qosimjonovdan 22 yil avval jahon çempioni bölganida, kelajakda yana bir özbekistonlik şaxmatçi jahon çempionligi uçun kuraşişini tasavvur qilganmi, deb söraldi.
«Öşa paytda bunçalik uzoqni öylamaganman. Ammo bu biz uçun, özbek şaxmati uçun ajoyib kun. Biz yaqindagina Olimpiadada ğalaba qozondik. Endi esa 20 kundan keyin boşlanadigan bu matç barcha sa’y-harakatlarimizning tojiga aylanişi mumkin. Balki unday bölmas, lekin biz juda-juda hayajondamiz».
Uning aytişiça, Olimpiada davomida jahon çempionligi matçi haqida deyarli gap bölmagan. Jamoaning butun e’tibori öşa musobaqaga qaratilgan.
«Aslida, umuman gaplaşmadik, deb öylayman. Çunki Olimpiada juda katta maqsad edi va öşa paytda undan keyingi barcha narsalar ahamiyatsizdek tuyulardi. Biz butun e’tiborimizni Olimpiadaga qaratgan edik. Endi esa, albatta, e’tiborimiz özgardi. Olimpiada yakunlandi, oldimizda jahon çempionligi matçi turibdi. Şaxmatning gözalligi ham şunda — har doim yangi maqsad bor».
«U mening telefon raqamimni biladi»
Qosimjonov Sindarov jamoasining rasmiy a’zosi sifatida emas, balki uni qöllab-quvvatlaş uçun kelganini aytdi.
«U biz uni qöllab-quvvatlaş uçun bu yerda ekanimizni biladi. Har doim uning yonida ekanimizni ham biladi. Men bu yerda yolğiz emasman. Özbekistonlik köplab şaxmatçilar, federatsiya vakillari, hatto turmuş örtoğim ham şu yerda. Hamma uni qöllab-quvvatlaş va unga omad tilaş uçun kelgan. Biz ham aynan şunday qildik».
Matç davomida Sindarovga ruhiy yoki boşqa yordam kerak bölsa, u Qosimjonov bilan bog‘lana oladimi, degan savolga murabbiy qisqa javob berdi:
«U mening telefon raqamimni biladi. Ha, albatta».
Qosimjonovning aytişiça, ular Sindarov bilan zarur deb hisoblagan paytlarida suhbatlaşib turadi.
«Ha, biz gaplaşib turamiz. Muhim deb hisoblagan paytlarimizda suhbatlaşamiz. Menimça, matç davomida ham bunday vaziyatlar, albatta, böladi».
«Bu juda-juda katta voqea böladi»
Qosimjonov Sindarov jahon çempionligini qölga kiritsa, Özbekistonda qanday reaksiya bölişini söradi.
«Menimça, u ğalaba qozonsa, nima bölişini ança yaxşi tasavvur qila olamiz. Öylaymanki, bu juda-juda katta voqea böladi. Siz tasavvur qila oladigan darajada katta va hatto undan ham kattaroq. Agar u ğalaba qozonmasa, keyin nima bölişi haqida hatto öylagimiz ham kelmaydi».
Avvalroq Germaniya şaxmat Bundesligasida 5 nafar özbekistonlik grossmeyster qatnaşayotgani haqida xabar bergan edi.