Bibisora Assaubayeva Sindarov uçun yirik turnirdan voz keçdi

24-noyabr 2026 17:13 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Bibisora Assubayeva
Foto: Bibisora Assubayevaning Telegram kanalidan olindi

Qozoğistonlik şaxmatçi Bibisora Assaubayeva özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovni jahon çempionligi uçun ötkaziladigan bahsda qöllab-quvvatlaş maqsadida WR Women’s Chess Tour turnirining grand-finalida qatnaşişdan voz keçdi. Bu haqda Chess.com xabar berdi.

Assaubayeva Fransiyada ötkazilgan tezkor şaxmat musobaqasida ğolib çiqib, WR Women’s Chess Tour grand-finaliga yöllanma qölga kiritgan edi.

Biroq u turnirga taklifni rad etib, Javohir Sindarovning jahon çempionligi uçun ötkaziladigan bahsida qatnaşiş maqsadida Jenevaga yöl oldi.

Assaubayeva örniga ukrainalik grossmeyster Mariya Muziçuk taklif qilindi. Natijada musobaqada Mariya va Anna Muziçuk opa-singillari birgalikda qatnaşdi.

WR Women’s Chess Tour grand-finali 22 – 23-noyabr kunlari Germaniyaning Ştutgart şahrida ötkazildi. Unda sakkiz nafar şaxmatçi blits va rapid yönalişlarida bellaşdi. Musobaqaning umumiy sovrin jamğarmasi $40 mingni taşkil etdi.

Sindarov jahon çempionligi uçun kuraşadi

24-noyabr kuni Şveysariyaning Jeneva şahrida Javohir Sindarov va amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju örtasida şaxmat toji uçun bahs boşlanadi.

Ikki grossmeyster 14 partiyadan iborat bahsda jahon çempioni unvoni uçun kuraşadi. Bahs 12-dekabrga qadar davom etişi rejalaştirilgan.

Assaubayeva uşbu muhim bellaşuvda Sindarovni qöllab-quvvatlaş uçun özining yirik xalqaro turnirdagi iştirokidan voz keçgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Assaubayeva Jenevada Sindarov bilan yangi rasmlarini ulaşgandi.

Shuningdek