Leapmotor DX krossoverini namoyiş etdi: elektromobil va gibrid versiyalar böladi

26-noyabr 2026 08:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Leapmotor yangi DX krossoverini namoyiş etdi: elektromobil va gibrid versiyalar böladi
Foto: MIIT

Leapmotor kompaniyasining yangi Leapmotor DX krossoveri Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi – MIIT bazasida paydo böldi. Bu haqda CarNewsChina naşri xabar bermoqda.

Model brendning yuqori toifadagi D-seriyasiga kiradi va ham töliq elektr, ham kengaytirilgan yuriş zaxirasiga ega gibrid – EREV versiyalarda taklif qilinadi. Yangi DX ölçamlari böyiça Leapmotor D19’dan biroz ixçamroq bölsa-da, baribir yirik beş örinli krossover hisoblanadi.

Dizayn D-seriya uslubida

Leapmotor DX brendning yangi dizayn tilini davom ettiradi.

Old qismida uzluksiz kunduzgi yuriş çiroqlari, ikki qismli asosiy faralar va faol radiator panjarasi joylaştirilgan.

Model LiDAR sensori bilan ham jihozlangan. Bu qurilma avtomobilning rivojlangan haydovçiga yordam tizimlaridan foydalanişini körsatadi.

Yon qismda xrom elementlar va disk körinişidagi ğildiraklar qöllangan. Orqa qismida esa kuzov böylab çözilgan çiroq, yirik «LEAPMOTOR» yozuvi va xrom bilan bezatilgan bamper mavjud.

Ğildirak bazasi 3,1 metrdan oşadi

Leapmotor DX beş örinli salon bilan taklif qilinadi. Krossoverning uzunligi 5 151 mm, kengligi 1 999 mm, balandligi 1 775 mmni taşkil qiladi. Ğildirak bazasi esa 3110 mmga teng.

Bu körsatkiçlar modelni yirik SUV segmentiga yaqinlaştiradi.

Foto: MIIT

EREV versiyada ikkita elektromotor böladi

Kengaytirilgan yuriş zaxirasiga ega DX versiyasi 1,5 litrli benzin dvigatelidan foydalanadi. Uşbu agregat asosan generator vazifasini bajaradi va uning maksimal quvvati 95 kVt.

Gibrid tizim ikki elektromotor bilan işlaydi. Ulardan biri 100 kVt yoki 134 ot kuçi, ikkinçisi esa 200 kVt yoki 268 ot kuçi işlab çiqaradi.

Elektr versiyada uç motorli variant ham böladi

Töliq elektr DX ikki xil kuç qurilmasida taklif qilinadi. Ikki motorli versiyada old elektromotor 180 kVt yoki 241 ot kuçi, orqa elektromotor esa 230 kVt yoki 309 ot kuçi quvvatga ega böladi.

Eng kuçli uç motorli versiyada esa uçta elektromotorning har biri 180 kVt yoki 241 ot kuçi işlab çiqaradi.

Eslatib ötamiz, Kursiv Uzbekistan naşri Leapmotor B03X avtomobilida muammo aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek