
Niderlandiyalik grossmeyster Aniş Giri Javohir Sindarov va Gukeş Dommaraju örtasidagi jahon çempionligi bahsining ikkinçi partiyasini tahlil qildi. U özbekistonlik şaxmatçining London tizimiga qarşi tayyorgarligini yuqori baholab, farzinni d8 katagiga qaytariş yurişiga alohida e’tibor qaratdi.
25-noyabr kuni Jenevada ötkazilgan ikkinçi partiyada Gukeş oq, Sindarov esa qora donalarda harakat qildi. Bahs 20-yurişda durang bilan yakunlandi.
Sindarov London tizimiga qanday javob berdi
Gukeş partiyani London tizimi bilan boşladi. U uçinçi yurişda filini f4 katagiga çiqardi.
Sindarov esa oltinçi yurişda filini e7 katagiga joylaştirdi. Gukeş otini e5 ga olib ötganidan söng özbekistonlik grossmeyster farzinini b6 katagiga ötkazib, raqibining b2 piyodasiga bosim ötkazdi.
Gukeş sakkizinçi yurişda ruhini b1 katagiga qöyib, piyodasini himoya qildi. Giri keyingi yurişlarda yuzaga kelgan vaziyat va oqlarning filni e5 katagiga ötkaziş orqali amalga oşirgan almaşuvini tahlil qildi.
Nega Sindarov farzinini d8 ga qaytardi
Giri partiyaning eng qiziqarli qarorlaridan biri sifatida Sindarovning 11…Qd8 yurişini ajratib körsatdi. Uning aytişiça, tahlil uçun foydalanilgan ikkala şaxmat dasturi ham aynan şu yurişni eng yaxşi variant sifatida tavsiya qilgan.
Giri Sindarov bu qarorni öyindan oldin tayyorlab kelgan bölişi mumkinligini ta’kidladi.
Partiyadan keyingi matbuot anjumanida Sindarov farzinni d8 katagiga qaytarişdan maqsadi filni e8 ga, otni d7 ga joylaştiriş va keyin f-piyodani f5 ga suriş bölganini tuşuntirdi.
Giri mazkur tayyorgarlikka baho berib, Sindarovning London tizimiga qarşi deyarli töliq debyut repertuariga ega ekanini bildirdi.
Gukeş qayerda boşqaça öynaşi mumkin edi
Giri Gukeşning 14.Qe2 yurişini tabiiy qaror deb baholadi. Biroq uning fikriça, hindistonlik şaxmatçi bu vaziyatda a5 yoki h3 yurişlarini ham körib çiqişi mumkin edi.
Partiya davomida Sindarov otini d7 ga ötkazdi va f-piyodani f5 ga surdi. Şundan keyin Gukeşning c4 yurişi bilan markazni oçişi taktik jihatdan murakkablaşdi.
Girining fikriça, Sindarov qora donalarda mustahkam pozitsiya hosil qilib, raqibining ustunlikka erişiş imkoniyatlarini çekladi.
Ikkinçi partiya ham durang bilan yakunlandi
Partiya yakunida şaxmat dasturi oq donalarga juda kiçik ustunlik bergan bölsa-da, Giri qora donalarning pozitsiyasini mustahkam deb baholadi.
20-yurişda taxtadagi vaziyat uç marta takrorlangani sababli durang qayd etildi. Şu tariqa, Sindarov va Gukeş örtasidagi jahon çempionligi bahsining dastlabki ikkita partiyasi durang bilan yakunlandi. Umumiy hisob 1:1 körinişida.
Uçinçi partiya 26-noyabr kuni ötkaziladi. Unda Javohir Sindarov oq, Gukeş Dommaraju esa qora donalarda öynaydi.