Hyundai Tucson ilk bor gibrid XRT Pro versiyasini oldi

26-noyabr 2026 10:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hyundai Tucson ilk bor gibrid XRT Pro versiyasini oldi
Foto: Hyundai

Hyundai AQŞ bozori uçun 2027-yilgi Hyundai Tucson modelini taqdim etdi. Model tarixida ilk bor yöltanlamas xususiyatlariga ega XRT Pro paketi gibrid kuç qurilmasi bilan birlaştirildi.

Benzinli Tucson 2027 AQŞda 2027-yilning birinçi çoragida sotuvga çiqadi. Gibrid versiya esa biroz keyinroq – ikkinçi çorak boşida dilerlarga yetib borişi kutilmoqda.

Gibrid Tucson 233 ot kuçi beradi

Bazaviy Tucson 1,6 litrli turbomotor bilan jihozlangan. U 184 ot kuçi işlab çiqaradi va sakkiz poğonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan işlaydi. Gibrid versiyada esa xuddi şu 1,6 litrli benzin dvigateli elektromotor bilan birlaştirilgan.

Tizimning umumiy quvvati 233 ot kuçi, maksimal aylaniş momenti esa 280 Nmni taşkil qiladi. Gibrid Tucson olti poğonali avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.

Foto: Hyundai

100 km uçun 5,6 litr yoqilği sarflaydi

Hyundai ma’lumotiga köra, gibrid versiyaning örtaça yoqilği sarfi 100 km ga taxminan 5,6 litrni taşkil qiladi.

Modelda Stay Mode rejimi ham mavjud. U dvigatel öçirilgan holatda tortiş batareyasi hisobidan iqlim nazorati, audiotizim va qurilmalarni quvvatlaş funksiyalaridan 30 daqiqagaça foydalaniş imkonini beradi.

XRT Pro töliq uzatma bilan jihozlandi

Tucson XRT Pro yöltanlamas yöllarda harakatlanişga moslaştirilgan.

Versiya töliq uzatma, 18 dyuymli yöltanlamas şinalar, old qismdagi tortiş ilgaklari va sirpançiq yoki past ilaşiş darajasiga ega yöllarda harakatlaniş uçun möljallangan X-Trek+ tizimi bilan jihozlangan.

Modelning yöl oraliği 21 smni taşkil qiladi.

Alohida dizayn va eksklyuziv rang

XRT Pro oddiy Tucson’dan taşqi va içki bezaklari bilan ham ajralib turadi.

Unda qoramtir metall elementlar, maxsus salon bezaklari va faqat uşbu versiyaga xos Red Rock Orange Pearl kuzov rangi taklif qilinadi.

Hyundai hozirça 2027-yilgi Tucson’ning narxlari va barça komplektatsiyalar röyxatini oşkor qilmagan.

Avvalroq «Kursiv» yangi Hyundai Elantra taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek