Ispaniya kelajak uçun eng kuçli futbol terma jamoasi deb topildi: Özbekiston-çi

26-noyabr 2026 11:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Ispaniya kelajak uçun eng kuçli futbol terma jamoasi deb topildi: Özbekistonçi
Foto: Instagram/ @lamineyamal

Ispaniya terma jamoasi CIES Football Observatory tuzgan kelajakka eng yaxşi tayyorlangan milliy jamoalar reytingida birinçi örinni egalladi. Tadqiqotda 80 ta terma jamoaning 23 yoşga tölmagan futbolçilari baholandi. Ispaniya 84,2 ball bilan yetakçilik qilgan bölsa, Fransiya 81,0 ball bilan ikkinçi, Angliya esa 80,9 ball bilan uçinçi örinni egalladi.

Ispaniya raqiblaridan sezilarli oldinda

CIES har bir mamlakatdan terma jamoada öynaş huquqiga ega bölgan 23 yoşgaça bölgan eng kuçli 20 futbolçini tanlagan. Ularning sönggi bir yil davomida katta futbol darajasidagi rasmiy uçraşuvlarda ötkazgan daqiqalari va öşa öyinlarning sport darajasi hisobga olingan.

Yakuniy indeksda eng yuqori baholangan futbolçining natijasi köproq vaznga ega, keyingi öyinçilarning uluşi esa bosqiçma-bosqiç kamayib boradi. Ispaniya Fransiyani 3,2, Angliyani esa 3,3 ballga ortda qoldirdi.

Lamin Yamal Ispaniyaning asosiy yoş yulduzi

Ispaniya safidagi 23 yoşgaça futbolçilar orasida eng yuqori individual körsatkiç Lamin Yamalga tegişli – 97,4 ball.

CIES ma’lumotiga köra, Ispaniyaning hali asosiy terma jamoada debyut qilmagan eng kuçli yoş futbolçisi Jakobo Ramon bölib, uning körsatkiçi 83,6 ballni taşkil qilgan.

Ispaniya yoş futbolçilarga katta rol berayotgan terma jamoalardan biri. Yamal bilan bir qatorda Pau Cubarsi kabi yoş öyinçilar ham klub va terma jamoa darajasida yuqori tajriba töplab ulgurdi.

Fransiya va Angliya kuçli uçlikda

Fransiyaning eng yuqori baholangan yoş futbolçilaridan biri Désiré Doué bölib, uning indeksi 91,2 ballni taşkil qilgan.

Angliya safida esa Nico ÖReilly 89,7 ball bilan ajralib turadi.

Hali asosiy terma jamoada öynamagan futbolçilar orasida Fransiyada Jaydee Kanvot 81,9 ball, Angliyada Jobe Bellingham esa 83,8 ball olgan.

Argentina, Italiya va Braziliya ham yuqorida

Reytingning törtinçi örnini Argentina, beşinçi örnini Italiya egalladi.

Braziliya oltinçi, Germaniya yettinçi, Belgiya sakkizinçi, Portugaliya töqqizinçi va Niderlandiya öninçi poğonadan joy oldi.

Qiziq jihati, Club Brugge hujumçisi Nicolò Tresoldi bir vaqtning özida Argentina, Italiya va Germaniya terma jamoalarida öynaş huquqiga ega futbolçi sifatida uşbu uç mamlakatning hali asosiy terma jamoada debyut qilmagan eng kuçli yoş nomzodlari orasida qayd etilgan.

Afrikada Senegal, Osiyoda Yaponiya yetakçi

Yevropa va Janubiy Amerika terma jamoalaridan taşqari boşqa qit’alarda ham yetakçilar aniqlandi.

Afrikada Senegal 11-örin bilan eng yuqori natijani körsatdi. Şimoliy va Markaziy Amerikada AQŞ 18-örinni, Osiyoda Yaponiya 33-örinni, Okeaniyada esa Avstraliya 44-örinni egalladi.

Özbekiston 66,3 ball bilan qayd etildi

CIES reytingida Özbekiston terma jamoasi 66,3 ball (46-örin) töpladi.

Özbekistonning 23 yoşgaça bölgan futbolçilari orasida eng yuqori körsatkiç Abduqodir Husanovga tegişli. «Mançester Siti» himoyaçisining individual sport darajasi 89,0 ball deb baholangan.

Bu körsatkiç Özbekistonning umumiy reytingidan ança yuqori bölib, Husanov terma jamoaning yoş avlodidagi eng kuçli futbolçi sifatida ajralib turibdi.

CIES hali Özbekiston asosiy terma jamoasida öynamagan futbolçilar orasida esa Sardorbek Baxromovni eng istiqbolli nomzod sifatida körsatgan. Uning indeksi 69,9 ballni taşkil etdi.

Reyting jadvalida Özbekiston Avstraliya, Şotlandiya, Slovakiya va Finlyandiya bilan deyarli bir xil körsatkiç qayd etgan. Özbekistonning 66,3 ballik natijasi yoş futbolçilar zaxirasi böyiça terma jamoaning sezilarli salohiyatga ega ekanini körsatadi.

Avvalroq «Kursiv» «Barselona» törtta, «Liverpul» uçta gol urgani haqida yozgan edi.

Shuningdek