Uyda yopilgan konservalar: nimalarga e’tibor beriş kerak

26-noyabr 2026 12:00 eʼlon qilindi

Dilobar Yöldoşeva

Dilobar Yöldoşeva

Muxbir
Foto: depositphotos.com

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi aholini uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilişda ehtiyot bölişga çaqirdi.

Konservaning sifatini qanday tekşiriş mumkin?

Mutaxassislar, avvalo, bankaning taşqi körinişi va qopqoği holatiga e’tibor qaratişni tavsiya qilmoqda. Qopqoği şişgan, germetikligi buzilgan yoki şubhali körinişdagi konservalarni iste’mol qilmaslik kerak.

Biroq bankaning taşqi körinişi yaxşi bölişi ham mahsulot xavfsizligini kafolatlamaydi. Botulizm toksinini oziq-ovqatning hidi, rangi yoki ta’miga qarab aniqlab bölmaydi. Şu sababli şubhali konservalarni oz miqdorda bölsa ham tatib köriş tavsiya etilmaydi.

Qaysi mahsulotlarga alohida e’tibor beriş kerak?

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, botulizm toksini qöziqorin, lavlagi, ismaloq, loviya kabi sabzavot konservalarida, şuningdek, baliq va göşt mahsulotlarida uçraşi mumkin. Buning sababi botulizmni keltirib çiqaruvçi bakteriyalarning kislorodsiz muhitda rivojlana olişidir.

AQŞ Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş markazi tavsiyalariga köra, kislotalilik darajasi past mahsulotlarni konservalayotgan paytda maxsus bosim ostida sterilizatsiya qiluvçi uskunadan foydalaniş kerak. Oddiy qaynatiş bunday mahsulotlar uçun yetarli emas.

Botulizm alomatlari qança vaqtda paydo böladi?

Botulizmning dastlabki alomatlari odatda mahsulot iste’mol qilinganidan keyin 12 – 36 soat içida namoyon böladi. Ayrim hollarda esa bu muddat tört soatdan sakkiz kungaça çözilişi mumkin. Kasallikning asosiy belgilariga körişning xiralaşuvi, oğiz qurişi, muşaklar zaiflaşuvi, yutiniş va gapirişning qiyinlaşuvi kiradi.

Bunday alomatlar kuzatilganda zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qiliş lozim. Kasallikni erta aniqlaş va davolaş soğayiş imkoniyatini oşiradi.

Özbekistonda 2025-yil qança odam konservalardan zaharlangan?

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Özbekistonda 2025-yil davomida ovqatdan zaharlaniş bilan boğliq 44 ta holat qayd etilgani haqida yozgandi. Şundan 29 tasi uy şaroitida tayyorlangan sabzavotli konservalarni iste’mol qiliş bilan boğliq. Uşbu holatlarda jami 63 nafar fuqaro jabrlangan bölib, ularning 17 nafarini bolalar taşkil etgan.

Shuningdek